Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev "Xalq salomatligi va soğliqni saqlaş tizimi töğrisida"gi kodeksni imzoladi. Bu haqda Tengrinews.kz xabar berdi.

Salomatlik töğrisidagi kodeks oxirgi ikki yil davomida eng köp muhokama qilingan qonun loyihalaridan biri böldi.

Majburiy vaksinatsiya joriy etilişi töğrisidagi me'yor qozoğistonliklar orasida bahsga sabab böldi. Köpçilik bunga qarşi çiqdi. Soğliqni saqlaş vazirligi bolalarni vaksinatsiya qilişdan boş tortiş mamlakat konstitutsiyasi va BMTning bola huquqlari töğrisidagi konvensiya bilan kafolatlangan bolalarning salomatligini himoya qiliş huquqini buzadi deb e'tirof etdi.

Natijada kodeksda vaksinatsiya ixtiyoriy va majburiy toifalarga ajratildi. Har ikki holatda ham ota-onalar vaksinatsiyaga rozi böliş yoki rozi bölmaslik huquqiga ega böldi. Şu bilan birga, bolalar boğçalari emlanmagan bolalarni qabul qilişni rad etişi mumkin.

Kodeks bilan qozoğistonliklarga iş kunlari 22.00dan 09.00gaça, dam oliş va bayram kunlari 23.00dan 10.00gaça şovqin kötariş taqiqlandi.  

Kodeksda elektron sigaretlar, tamaki va çilimni öt oldiruvçi tizimlar oddiy sigaretlarga tenglaştirildi. Tamaki mahsulotlarini sotiş uçun yoş çeklovi 18dan 21 yoşga oşirildi. Şuningdek, avtomobil salonida voyaga yetmagan bola bölgan vaqtda çekkanlik uçun jarima belgilandi.

Vafot etgan donorning organlarini oliş tartibiga tuzatişlar kiritildi. Hayotligida donorlikka rozi bölmagan şaxsning organlarini oliş taqiqlandi.