Jons Hopkins universiteti ma'lumotlariga köra, AQŞda koronavirusga çalinganlar soni 8 iyulga kelib 3009611 nafarga yetgan, ulardan 131594 kişi vafot etgan, 936476 kişi soğayib ketgan.
Mamlakat böyiça eng köp kasallanganlar Nyu-York ştatida qayd qilingan – 398237 nafar. Bu borada keyingi örinlarda Kaliforniya (284139 kasallangan), Florida (223783) va Texas (216026) ştatlari turibdi.
AQŞ prezidenti Donald Tramp mamlakatda pandemiya bilan boğliq falokatli vaziyatga qaramay, kuzda mamlakatda barça umumta'lim maktablari oçilişini talab qilmoqda. Trampning ta'kidlaşiça, Oq uy kerak bölsa, buni qilişni istamaydigan ştatlar gubernatorlariga bosim ötkazadi.
Ayni vaqtda AQŞ koronavirusga çalinganlar soni böyiça dunyoda 1-örinda turibdi. Keyingi örinlarni katta farq bilan Braziliya (1,68 mln kasallangan), Hindiston (768 ming) va Rossiya (700 ming) egallamoqda.
Umuman olganda, dunyo böyiça koronavirusga çalinganlar soni 12 mlndan oşdi.














