Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi axboroti e'lon qilindi.

Unga köra 2020 yil 10 iyuldan e'tiboran viloyatlar markazlari, Toşkent va Nukus şaharlari atrofidagi yöl patrul xizmati maskanlari, blokpostlar va tösiq postlar faoliyati içki işlar organlari, Milliy gvardiya va Mudofaa vazirligi kuçlari hamda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi vakillarini jalb qilgan holda kuçaytiriladi.

  • Karantin davrida fuqarolarning mototransport (skuter) hamda velosipedda harakatlanişiga faqatgina tibbiy niqobdan foydalangan holda hayotiy zarur ehtiyojlari – dori vositalari, oziq-ovqat va birinçi galdagi mahsulotlarni xarid qiliş, şifokor körigiga murojaat etiş, şuningdek, iş joyiga boriş va keliş uçun ruxsat etiladi.
  • Avtotransport vositalari harakatlanişi uçun Adliya vazirligi Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ilgari berilgan maxsus ruxsatnoma (stiker)lar karantin çeklovlari amal qiliş davrida qöllaniladi.
  • Şu bilan birga ruxsatnomasi mavjud bölmagan holda harakatlanayotgan avtotransport vositalarining huquqbuzarlik davom ettirilişiga yöl qöymaslik maqsadida karantin talablarni buzgan şaxslarga ma'muriy javobgarlik çoralari qöllanilişi hamda avtotransport vositalari jarima maydonçasiga joylaştirilişi nazarda tutildi.
  • Viloyatlararo va şaharlararo qatnovlarni amalga oşiriş böyiça belgilangan çeklovlar dehqon va fermer xöjaliklari tomonidan yetiştirilgan qişloq xöjaligi mahsulotlarini (meva-sabzavot, poliz, kökat mahsulotlari va b.q.) joylarga yetkaziş va sotiş maqsadida viloyatlararo va şaharlararo qatnovlarni amalga oşirişga tatbiq etilmaydi.

Bunda dehqon va fermer xöjaliklarining avtotransport vositalari bozorlar, yarmarkalar va savdo nuqtalariga kiritişdan oldin dezinfeksiya qilinadi.

Yönalişsiz taksilarga yölovçi taşişga quyidagi maxsus talablar asosida ruxsat beriladi:

  • yölovçi taşiş uçun avtotransport vositasi salonida haydovçi örindiği yölovçilar örindiğidan