https://ok.ru/videoembed/1573957733055

Bu haqda Milliy gvardiya axborot xizmati rahbari Davron Jumanazarov AOKAda bölib ötgan tadbirda ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

«Yuqorida maqsadsiz yurganligi aniqlansa, deb qayd etdingiz. Maqsadsiz yurgani qanday aniqlanadi? Çunki ötgan safar ayni şu holat köp tuşunmovçilikka sabab böldi. Masalan, dorixonaga yarim keçasi soat 23da borayotgan fuqaro dorixonaga borayotganini isbotlay olişi dargumon. Bu kabi masalalarga qanday yeçim topiladi?» – deya Kun.uz muxbiri bergan savolga Milliy gvardiya rasmiysi quyidagiça javob berdi.

«Jamoat tartibini saqlaş Milliy gvardiya va IIV xodimlarining xizmat burçi hisoblanadi. Fuqarolarning muşkulini oson qilişni xizmatga çiqişidan oldin xodimlarga alohida ta'kidlaymiz.

Fuqarolar uydan çiqib dökondan biron narsa xarid qilişi va qaytib uyga kirib ketişi holatlarida ularga töğridan töğri savol berişdan özimizni uzoqroq tutamiz. Lekin bekatlarda töplanişi, örtoqlarini telefonda çaqirib, yiğilib turiş holatlariga e'tibor qaratamiz.

Yoşlarning, farzandlarimizning köçalarga çiqişi borasida ota-onalarning mas'uliyatini köproq oşirsak, menimça, maqsadga muvofiq», – dedi Milliy gvardiya Axborot xizmati rahbari Davron Jumanazarov.