Bugun 64 yoşli Pak Von Sunning qizi u 5-6 soat oldin yöqolib qolgani haqida xabar qilgandi.

Uning sözlariga köra, otasi uydan çiqib ketgan va qaytmagan. Ketişdan oldin u «vasiyatnomaga öxşaş» xat qoldirgan, bu esa qizni taşvişga qöygan va u politsiyaga murojaat qilgan.

«Assoşieyted press» agentligi şahar ma'muriyatiga asoslanib xabar qilişiça, Pak Von Sun payşanba kuni işga çiqmagan, şu tufayli şahar hokimligi şu kunga belgilangan barça uçraşuvlarni bekor qilgan.

Kuzatuv kameralari Pakni soat 10:53da, şahar şimolidagi Sonbuk-gu tumani hududidagi örmonga kiraverişda qayd etgan, uning mobil telefonidan sönggi signal ham şu yerda qayd etilgan.

Merni qidiriş işlarida 600 nafarga yaqin politsiyaçilar va öt öçiruvçilar iştirok etgan, qidiruv amaliyotiga dronlar va politsiya itlari ham jalb etilgan.

Mer topilgani va şifoxonaga olib kelingani haqida miş-mişlar tarqalgaç, Seul universiteti şifoxonasi oldida odamlar töplangan.

AFP

Janubiy Koreyaning SBS telekanali politsiyadagi manbasiga tayanib xabar berişiça, şahar merining kotibasi uni zöravonlik qilişda ayblab, sudga bergandi. Telekanalning ma'lum qilişiça, qiz 9 iyul kuni tonggaça advokati iştirokida körsatma bergan. Uning aytişiça, mer unga nafaqat tegajoğlik qilgan, balki telegram orqali axloqsiz suratlar yuborgan.

Pak Von Sunning kotibasi mer köpçilik ayollarga zöravonlik qilganini, ammo faqat u qat'iyat töplab sudga murojaat qilganini aytgan va isbot sifatida janob Sun bilan yozişmalarini körsatgan.

Ammo politsiya bu ma'lumotlarni tasdiqlamagan.

Bu xabarlar uning ölimi bilan boğliqligi aniq emas.

Prezidentlikka nomzod
Pak Von Sun poytaxt merligiga birinçi marta 2011 yilda saylangandi. Ötgan yilning iyulida u uçinçi muddatga (qonunçilikka köra oxirgisi) qayta saylangan.

U 2022 yilgi prezidentlik saylovlarida Demokratik partiya nomzodlaridan biri bölişi kutilayotgandi.

Pak Von Sunning mutaxassisligi huquqşunos bölib, 1982 yildan  advokatlik faoliyati bilan şuğullana boşlagan.