Viloyat Xalq qabulxonasidan xabar berişlariça, Sariosiyo tumanida fuqarolarning 222ta murojaati körib çiqilgan. Murojaatlarning 61tasi joyida hal etilgan, 52tasi böyiça huquqiy tuşuntiriş berilgan. Atrofliça örganişni taqozo etadigan 109ta murojaat böyiça tegişli mutasaddilarga vazifalar belgilanib, ijrosi nazoratga olingan edi. Nazoratga olingan murojaatlar bosqiçma-bosqiç öz ijobiy yeçimini topmoqda.

Xususan, tumandagi «Marjona» mahallasi aholisini yöl, elektr tayanç ustunlari suv va boşqa bir qator muammolar qiynab kelayotgan edi. Fuqaro A.Odinayevning sayyor qabulda mahalla ahli nomidan qilgan murojaati tegişli soha vakillari tomonidan örganildi va amaliy işlar boşlab yuborildi. Dastlab 5 kilometrdan ortiq masofadagi içki yöllar tekislanib asfalt yotqizildi. Mahalladagi 1968 yillarda örnatilgan eski simyoğoçlar yangi beton ustunlarga almaştirilmoqda.

Sayyor qabulda nazoratga olingan muammolardan yana biri — «Şabnam» mahallasini toza içimlik suvi bilan ta'minlaş edi. Uşbu murojaat yuzasidan ham «Mukammal quriliş Butlaş» MÇJ xodimlari tomonidan 500 metr masofadan içimlik suvi quvurlari tortib keliş uçun qaziş işlari boşlab yuborildi. Qisqa muddatda 120dan ortiq oilaning toza içimlik suviga bölgan ehtiyojlari qondiriladigan böldi.

2017 yilda toğli hududlardagi tabiiy ofat – köçki tufayli Gavharbuloq mahallasidagi 42ta xonadon tuman markazidagi Şarq yulduzi mahallasiga köçirilib, joylaştirilgan edi. Aholini qiynab kelayotgan elektr energiyasi bilan boğliq muammo qabuldagi murojaatdan söng ijobiy hal etildi.

Ma'lumot örnida aytiş kerakki, uşbu mahallaga 160 kilovatt kuçlanişdagi elektr podstansiyasi örnatildi. 40 dona beton tayaç ustunlari örnatilib, elektr simlari tortilmoqda. Natijada, 80ta xonadonda elektr energiyasiga bölgan talab qondiriladi.

Oltinsoy tumanida ham fuqarolarning 200dan ortiq murojaati körib çiqildi. Murojaatlarning 84tasi joyida hal etilgan bölsa, 45tasi böyiça huquqiy maslahat va tuşuntirişlar berildi. Qöşimça vaqt va örganiş talab etiladigan 73ta murojaat tegişliligi böyiça mutasaddilarga yönaltirilib, ijrosi nazoratga olindi.