“Jahon meteorologik taşkiloti yildan yilga özgarib turadigan örtaça yillik harorat 2020 yildan 2024 yilgaça oraliqdagi istalgan yilda 1,5 darajaga kötarilişining 20 foiz ehtimolligi mavjudligini aytdi”, deb ta'kidlab ötilgan xabarda. 

Ta'kidlanişiça, bu dunyo 1,5 darajalik çegaradan ötişini anglatmaydi.

Jahon meteorologik taşkiloti boş kotibi Petteri Taalasning ta'kidlaşiça, Janubiy Afrika va 2019 yilda örmon yonğinlari millionlab gektar yerini yöq qilgan Avstraliyani 2024 yilgaça yanada kuçliroq qurğoqçilik kutayotganini, Afrikadagi Sahel mintaqasi esa yanada namroq bölişini aytgan. 

Öz navbatida, Yevropa köproq dovullar körişi, Şimoliy Atlantikaning şimoliy qismida esa şamol kuçliroq bölişi mumkin.

Bunday prognozlar Jahon meteorologik taşkilotining harorat, yoğingarçilik va şamollar böyiça qisqa muddatli prognozlarni taqdim qiliş böyiça sa'y-harakatlarining bir qismi hisoblanadi. Ular davlatlarga iqlim özgarişi ob-havo şaroitlarini qanday buzişi mumkinligini kuzatişida yordam beriş uçun taqdim qilinadi.