Kattaqörğon şahridan Xanifa Fayziyevaning yozişiça, joriy yilning 29 martida uning öğlini kaltaklaşadi, piçoqlaşadi. Bir oy davomida uşbu holat yuzasidan jinoyat işi oçilmagani, aksinça, şahar IIB amaldorlaridan biri ularga döq-pöpisa qilganini aytmoqda.
Mazkur holatni örganiş maqsadida Kun.uz muxbirlari Kattaqörğon şahrida böldi.

“Öşa kuni A.A. mast holatda qarindoşim Farhodning darvozasini tepayotganini körib, profilaktika inspektoriga xabar qildim. Sökinavergaç, öğliga otasini olib ketişini aytdim. Şu vaqt A.A. yuzimga muşt tuşirdi. Janjal kötarilgaç, ular uç kişi bölib kaltaklaşdi. Mahalladagilar ajratib olgandan söng, ust-boşimni tozalab, ketmoqçi böldim. Şu vaqt ular yana qaytib kelib, temir va piçoq bilan yana taşlanişdi. Köp qon yöqotdim, meni şifoxonaga olib ketdilar.

Tergov jarayonida jabrlangan men qolib, ularning da'vosini töliq yozib olişdi. Tergovdan umuman qoniqmaganimni öşa vaqtning özida aytdim.
29 mart kuni sodir etilgan jinoyat yuzasidan 30 aprelda IIB xodimi N.Otaboyev meni çaqirtirdi va da'voim yöq, deb ariza yozib berişimni talab qildi” deydi Lazizbek Fayziyev.

“Öğlim Lazizbek öşa kuni soat uçlarda Söfi Allohyor” MFYda yaşovçi jiyanim – işçisi Farhod Röziyevni işga çaqiriş uçun boradi. Öşa vaqtda A.A. katta toş bilan jiyanimning darvozasini urib, taşqariga çiqişga undayotgan böladi. Öğlim nega bunday qilayotganini söraganda, toş bilan Lazizjonga taşlanadi. Voqeaga guvoh bölganlar ularni ajratib olişadi.
Şundan söng öğlim va jiyanim mahalla binosi yonida turganlarida, “Damas” rusumli şaxsiy maşinasida A.A. ikki nafar öğillari bilan kelib, yana janjal boşlaydi. Ulardan biri qölidagi temir jism bilan öğlimga zarba beradi, yana biri esa qölidagi piçoq bilan böyin va boş qismiga olti marotaba piçoq uradi. Öğlim köp qon yöqotgaç, şifoxonaga olib boriladi.
Öğlim Lazizbek töqqiz kun intensiv davolandi. Xudoga şukur, şifokorlarning mehnati bilan u omon qoldi” deydi Xanifa Fayziyeva.


















