Biz özbekistonliklarning çegara punktidan ötiş jarayonlari bilan keça ham, bugun ham tanişdik. Kuni keça 400 ga yaqin kişi çegarani kesib ötgan bölsa, bugun ayni daqiqalargaça 350 dan ortiq fuqaro çegarani allaqaçon kesib ötgan.
Ularning barçasi dastavval dezinfeksiya tösiğidan ötgaç, tana harorati ölçanmoqda. Harorati me'yorida bölganlar pasport nazoratidan ötib, bojxona tekşiruvi nuqtasiga kelişmoqda.
Harorati yuqori bölgan fuqaro qayd etilsa, u bilan batafsil suhbat ötkaziladi, harorati sababini aniqlaşga harakat qilinadi hamda tez yordam vositasida şifoxonaga yetkaziladi.


Biz Qozoğistondan Özbekistonga qaytayotgan vatandoşlar bilan ham muloqot qildik.
Bizga ma'lum qilişlariça, fuqarolar markazlaşgan ravişda avtobuslarda Yöl-patrul xizmati va Milliy Gvardiya xodimlari hamrohligida Zangiota tumanidagi Örtasaroy karantin hududiga joylaştiriladi.

Şu bilan birga, avtokarvon kelgunça, fuqarolarga tuşlik uçun issiq ovqat yetkazib berilmoqda. Ayni daqiqalarda Toşkent tumani hokimligi tomonidan taomlar olib kelinganiga guvoh bölib turibmiz.
Şu örinda bir mulohazani bildirmoqçi edim. Xabaringiz bor, bir neça kun avval, ijtimoiy tarmoqlarda ayni çegarada 4 mingga yaqin fuqaro töplanib qolgani haqida xabarlar paydo böldi. Bizga aytişlariça, Qozoğistonda sanitariya-epidemiologik holat keskinlaşgani bois, özbekistonliklar vatanga qaytişga qaror qilgan va ularning soni keskin oşib ketgan.
Bu ham mayli, voqeaning e'tiboringizni qaratmoqçi bölgan jihati şundaki, toki davlat rahbarining özi topşiriq bermagunça, prezident e'tibor qaratmagunça, nahotki, boşqa mas'ullar bu masalani mustaqil ravişda hal qila olmas edi?!


Har bir masala davlat rahbari buyruği bilan bajarilsa, davlat rahbari topşiriq bermagunça, ayni masalaga mutasaddi bölganlar mustaqil qaror çiqariş mas'uliyatini zimmasiga olmasa, muammolar qaçon hal böladi? Axir, davlat rahbarining boşqa şuğullanadigan muammolari ham köp emasmi?













