Ştiriyada (Avstriya) ötgan bosqiçda 2-örinni Mercedes’ning yana bir poygaçisi Valtteri Bottas, 3-örinni Red Bull poygaçisi Maks Ferstappen egallagan.

Poygalarning 1-bosqiçi ham şu trassada ötgan edi. Öşanda ğalabani Bottas nişonlagandi.

Joriy bosqiçda avvalgisi kabi rossiyalik poygaçi Daniil Kvyat, monakolik Şarl Lekler, Maks Ferstappen va Kimi Raykkonen poyga oldidan irqçilikka qarşi kuraşni qöllab-quvvatlaş ifodasi sifatida tiz çökişdan boş tortgan. 5 iyulda ötgan bosqiçda ham Black Lives Matter harakatini 6 poygaçi tiz çökiş orqali qöllab-quvvatlaşdan boş tortgandi. 

Ikkita bosqiçdan keyin 43 oçko bilan Bottas yetakçilik qilmoqda. Hemilton 37 oçko bilan 2-örinni, “Maklaren” a'zosi Lando Norris 26 oçko bilan 3-örinni egallamoqda. 

“Formula-1”ning navbatdagi bosqiçi Vengriyada 17-19 iyul kunlari bölib ötadi. 

Joriy mavsum pandemiya sababli yilning ikkinçi yarmiga köçirilgandi. U 5 iyulda Avstriya gran-prisi bilan boşlangan. Yana bir bosqiçni Şpilbergdagi trassada ötkazişga qaror qilingandi. Çalkaşlik yuzaga kelmasligi uçun uşbu bosqiç Ştiriya bosqiçi deb atalgan.