«Davergeodezkadastr» qömitasining xabar berişiça, 10 iyul kuni respublika, viloyat va tuman miqyocidagi 7 nafar rahbar egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

«Davlat idorasida işlayotgan har bir inson öz zimmasiga katta mas'uliyatni oladi. Xalqimizga beminnat, halol mehnat qiliş va bu orqali ularning işonçini qozonişdan köra lavozimini suiiste'mol qilib, öz işiga mas'uliyatsizlik va sovuqqonlik bilan qarayotgan, tizim idoralarida yetarli darajada işni taşkil etmasdan, aksinça öz nafsini öylaganlar ming afsuski oramizda mavjud. Har bir davlat idorasi bundaylardan xoli maydonga aylanmas ekan xalq işonçini qozonib bölmaydi.

10 iyul kuni kadastr yönalişida ham yuqorida ta'kidlab ötilgan holatlarga yöl qöygan respublika, viloyat va tuman miqyocidagi 7 nafar rahbar egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Bu boşlanişi! Sohaning rivojiga tösiq bölayotgan har bir muammoni yeçiş qömita oldida turgan pirovard maqsad bölib, mana şunday xodimlar doimiy nişonda böladi», deyiladi qömitaning rasmiy xabarida.

Şu yilning 4 iyul kuni Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qömitasining yangi raisi Xalilillo Töraxöjayev jamoatçilikka murojaat qilib, kadastr sohasini şaffof, korrupsiyadan xoli tizimga aylantiriş uçun özbekistonliklardan yordam söragan edi.

Xalilullo Töraxöjayev Davgeodezkadastr qömitasi faoliyatidagi muammolar, hal etilmagan işlar, byurokratik tösiq va ğovlarga duç kelayotgan, şuningdek, mazkur yönalişni rivojlantiriş, takomillaştiriş böyiça ğoya va takliflarga ega özbekistonliklar bilan oçiq muloqotga tayyorligini bildirgan.