Yangi tahrirda pandemiya şaroitida dehqon bozorlari qay tarzda faoliyat yuritişiga oid bir qator yangi qoida va me'yorlar belgilangan.
Unga köra, dehqon bozorlarida, şu jumladan bozor hududidan taşqarida joylaşgan yirik oziq-ovqat dökonlarida savdo ijtimoiy masofa (2 metr) saqlangan holda «zigzag» tartibi (quvurlar, bantlar va boşqa şu kabi tösiqlar orqali) taşkil etiladi.
Har bir bozorga kirişda «dezinfeksiya tunneli» va «sanitariya postlari, dezinfeksiya guruhlari taşkil etilib ularning vazifalari quyidagilar etib belgilanadi:
– bozor hududiga kirgan şaxslarni dezinfeksiya qiliş (sotuvçilar, xaridorlar, bozor xodimlari va boşqalar);
– isitma yoki kasallikning boşqa belgilari bölgan şaxslar aniqlanganda vakolatli organlarga darhol xabar beriş;
– bozorlar hududlarini kun davomida (2-3 marta) dezinfeksiya qiliş;
– karantin çoralari talablariga muvofiqligini tekşirib boriş (tibbiy niqoblar, qölqoplar mavjudligi, sotuvçilar va xodimlar uçun).
Dehqon bozorlarida, şu jumladan bozor hududidan taşqarida joylaşgan oziq-ovqat dökonlarida qadoqlanmagan mahsulotlar, yopiq holatda (polietilen plyonkalarga öralgan, bir martalik paketlarga solingan va h-k.) saqlanadi. Savdo nuqtalarida sotuvçilar örtasida ijtimoiy masofa (2 metr) ta'minlanadi
Dehqon bozorlarida, şu jumladan bozor hududidan taşqarida joylaşgan oziq-ovqat dökonlari atrofida qöl yuviş vositalari bilan jihozlangan bir neçta qöl yuviş joylari (zarur hollarda köçma qöl yuviş nuqtalari) taşkil etiladi.
Oziq-ovqat dökonlarining kiriş qismida maxsus tösiqlar (stol, stul, doska va boşqalar) taşkil etiladi va savdo faoliyati maxsus «darça»dan amalga oşiriladi.
Dehqon bozorining hududlari aniq zonalarga ajratiladi:
– savdo;
– ma'muriy va saqlaş (ma'muriy va maişiy obektlar, şu jumladan bozor xodimlari uçun ovqatlaniş, omborxona);
– xaridorlarga xizmat körsatadigan bozor;
– alohida transport vositalari uçun töxtab turiş joyi,
– maişiy, axlat yiğiş joyi.













