«Koronavirus bilan ommaviy zararlanişning tarqalişiga yöl qöymaslik böyiça qonunlarda közda tutilgan maqsadlarga yetişiş uçun körilayotgan çoralar mutanosib yoki yetarli emasligi haqidagi fikrga aslo qöşilib bölmaydi», dedi vazir örinbosari öz çiqişida.

Tahlillar körsatişiça, 2020 yilning 11 iyul holatiga Özbekistonda koronavirusdan ölim holatlari har 1 million kişiga 2tani taşkil etmoqda. Bu mamlakatda koronavirus ilk qayd etilganidan buyon ötgan tört oydan keyingi körsatkiçdir. Şu davrda dunyoning 35ta davlatida uşbu körsatkiç 100-1230 nafar oraliğida bölib turibdi, dunyodagi örtaça körsatkiç esa har 1 million kişiga 72 nafar bölib turibdi.

«Özbekiston bu borada 159-örinda joylaşgan, agar mamlakatimiz aholisi sonini inobatga olsak, bu eng yaxşi körsatkiçlardan biridir. Boşqa tomondan, bu holat Özbekiston çeklov çoralarini öz vaqtida kiritiş evaziga 2,5-20 minggaça bölgan kişilarning hayotini saqlab qolganini anglatişi mumkin», deya Muzraf Ikromovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Ma'lumot uçun, Özbekistonda 15 mart kuni koronavirusdan zararlanişning ilk holati qayd etilişi ortidan qat'iy karantin joriy etilgandi. May oyining birinçi yarmida karantin çoralari bosqiçma-bosqiç yumşatildi. May oyi va iyun oyida mamlakatda epidemiologik holat barqaror saqlanib turdi, ammo iyun oyi oxiri va iyul oyi boşida kunlik kasallanişlar soni 400dan oşdi va respublika maxsus komissiyasining qaroriga köra 10 iyuldan 1 avgustgaça yana qat'iy karantin joriy etildi.

Sönggi ma'lumotlarga köra. Özbekistonda şu vaqtgaça 13360 kişida kasallik aniqlangan, şu vaqtgaça bemorlarning 62 nafari vafot etgan, 7852 kişi tuzalib çiqqan, ayni vaqtda şifoxonalarda 5446 nafar bemor davolanmoqda.