Muzraf Ikromov Respublika maxsus komissiyaning tuzilişi va pandemiya şaroitida çeklovlar kiritiş böyiça qarorlarni qabul qiliş vakolati mamlakat Konstitutsiyasi va qonunçiligiga töla mos kelişini ma'lum qildi.

«Oldindan aytiş lozimki, koronavirusga qarşi olib borilayotgan kuraş mustahkam huquqiy asosga ega, Konstitutsiyamizga, qonunçiligimizga va Özbekistonning xalqaro majburiyatlariga töla mos keladi, inson huquqlarini buzmaydi», dedi vazir örinbosari.

Vazir örinbosari uşbu masalaga huquqiy asos sifatida bir qator mamlakat qonunçiligidagi moddalarni keltirib ötdi.

«Birinçidan, «Vazirlar Mahkamasi töğrisida»gi qonunning 3-moddasiga köra, hukumat ijro etuvçi hokimiyatning oliy organi bölib, iqtisodiyot, ijtimoiy va ma'naviy sohalarning samarali faoliyat körsatişiga rahbarlik qilişni, Özbekiston qonunlari, Parlament qarorlari, prezident hujjatlari ijrosini ta'minlaydi.

Ikkinçidan, uşbu qonunning 11-moddasiga köra, Vazirlar Mahkamasining ijtimoiy sohadagi vakolatlari sirasiga, jumladan, sanitariya-epidemiologik osoyiştalikni ta'minlaş böyiça çoralarni amalga oşiriş kiradi.

Uçinçidan, 25-moddaga binoan, davlat va xöjalik boşqaruvining ayrim masalalari böyiça takliflar tayyorlaş, hukumat qarorlari loyihalarini işlab çiqiş, şuningdek uning ayrim topşiriqlarini bajariş uçun muvaqqat komissiyalari taşkil etilişi mumkin.

Törtinçidan, hukumat reglamentiga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi vakolatlarining amalga oşirilişi komissiyalar, kengaşlar va boşqa idoralararo kollegial organlar faoliyati bilan ham ta'minlanadi.

Beşinçidan, Vazirlar Mahkamasida uning vakolatlariga kiradigan masalalarni körib çiqiş hukumat taşkil etadigan komissiyalarning hamda boşqa idoralararo kollegial organlarning majlislarida manfaatdor davlat organlari va boşqa taşkilotlar vakillari iştirokida amalga oşiriladi.

Oltinçidan, «Aholining sanitar-epidemiologik osoyiştaligi töğrisida»gi qonunning 31-moddasiga muvofiq, yuqumli va parazitar kasalliklarning paydo böliş yoki tarqaliş xavfi yuzaga kelgan taqdirda Vazirlar Mahkamasi yoki viloyat hokimliklari ham örnatilgan tartibda tegişli hududlarda yoki obektlarda belgilangan tartibda çeklovçi tadbirlar (karantin) joriy etişi mumkin.

Şu tariqa, bir vaqtning özida Fuqaro muhofazasi boşliği bölgan Özbekiston boş vaziri boşçiligidagi Maxsus komissiya Vazirlar Mahkamasi vakolatlarini amalga oşirişni ta'minlaşning usullaridan biridir», dedi Muzraf Ikramov.