Adliya vaziri örinbosari Muzraf Ikromov AOKAda bölib ötgan brifingda bugungi kunda tuğilayotgan qator savollarga javob berarkan, maxsus komissiya qarorlari nega ommaga e'lon qilinmasligiga ham töxtalib ötdi.
Vazir örinbosarining ma'lum qilişiça, mamlakatga koronavirus kirib kelişi va tarqalişining oldini oliş böyiça işlarga maxsus kuç va vositalarni jalb qiliş va safarbar etiş bilan boğliq bandlar kiritilganligi sababli va ular davlat manfaatlariga va xavfsizligiga zarar yetişiga yöl qöyib bölmasligi tufayli Respublika maxsus komissiyaning qarorlari tölin e'lon qilinmayapti.
«Ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilarini qiziqtirayotgan bir masala Özbekiston Respublikasiga koronavirusning yangi turi kirib kelişi va tarqalişining oldini oliş yuzasidan çora-tadbirlar dasturi va Maxsus komissiyaning keyingi qarorlari (protokollari) töliq şaklda e'lon qilinmayotgani va ularning yoritilişidir.
Özbekiston Respublikasiga koronavirusning yangi turi kirib kelişi va tarqalişining oldini oliş yuzasidan çora-tadbirlar dasturi işlab çiqilib, tasdiqlangan edi, ammo quyidagi obektiv va mantiqiy sabablarga köra e'lon qilinmagan:
- Dastur birgina hujjatdan iborat emas, u öz içiga kompleks çora-tadbirlarni oladi, normativ-huquqiy hujjat ham emas va şunga köra, majburiy e'lon qilinişi şart emas;
- unga mamlakatimizga koronavirus kirib kelişi va tarqalişining oldini oliş böyiça işlarga maxsus kuç va vositalarni jalb qiliş va safarbar etiş bilan boğliq bandlar kiritilgan bölib, davlat manfaatlariga va xavfsizligiga zarar yetişiga yöl qöyib bölmasligi tufayli uşbu ma'lumotlarni oşkor qiliş maqsadga muvofiq emas;
- hujjatda vazirlik va idoralarga fuqarolarning soğligi va xavfsizligini ta'minlaşga qaratilgan muayyan vazifalarni bajariş böyiç asosan taşkiliy çoralar közda tutilgan;
- Dastur yuridik va jismoniy şaxslarning huquq va majburiyatlariga daxl qilmaydi, umummajburiy qoidalar kiritilişini közda tutmaydi.
Ta'kidlaş joizki, koronavirusning oldini oliş va unga qarşi kuraş dastur qabul qiliş bilangina çeklanib qololmaydi, bu Maxsus komissiyaga yuklatilgan keng kölamli vazifalarni bajariş yölidagi faqatgina birinçi qadamlardan biri edi.
Dastur – keçiktirib bölmaydigan çoralar majmuasidir, mazkur masalada qabul qilinayotgan Özbekiston Respublikasi prezidentining hujjatlari, hukumat qarorlari, maxsus komissiya qarorlarining barçasi dasturni töldiradi.
Koronavirusga qarşi kuraş jarayoni sodir bölayotgan voqealarga tezkor munosabat bildiriş va epidemiologik vaziyatning özgarişiga nisbatan safarbarlik va boşqa rezervlarni işga soliş böyiça qarorlarni keçiktirmasdan qabul qiliş lozimligini körsatdi, bu boradagi ma'lumotlar esa çeklangan xarakterga egadir.













