Yangi tahrirdagi vaqtinçalik sanitariya qoida va me'yorlarida COVID-19 pandemiyasi şaroitida dorixonalarning faoliyatini qanday taşkil etiş, şuningdek, dorixonalarda işlovçi xodimlar amal qilişi kerak bölgan qoidalar belgilab berildi.

Unga köra dorixonalar xodimlari quyidagi qoidalarga rioya qilişlari şart:

– iş boşlaşdan oldin uy kiyimi va poyafzallarni almaştiriş;

– iş boşlaşdan oldin, sanitariya kiyimlarini (xalat, qalpoq) va oyoq kiyimlarini kiyiş, qölni yuviş (kamida 20 soniya) va qöllarni dezinfeksiya qiliş, şaxsiy himoya vositalarini kiyiş;

– hojatxonaga borişdan oldin, xalatni yeçib, taşrif buyurgandan söng qölni yaxşilab yuviş va dezinfeksiya qiliş;

– sanitariya kiyimlari va poyafzallarda dorixonadan taşqariga çiqmaslik;

– dorixona xodimlari yuzlariga niqob (respirator) va qöllariga lateks qölqop kiyişlari kerak.

Şu bilan birga, yangi tahrirdagi vaqtinçalik sanitariya qoida va me'yorlarida dorixona va dorixona omborlarining xonalari toza saqlanişi kerakligi, vaqti-vaqti bilan (kuniga kamida bir marta) ruxsat etilgan yuviş va dezinfeksiyalaş vositalaridan foydalangan holda namli tozalov ötkaziş şart ekani, xizmat körsatiş zonasidagi dorixona xodimlarining iş joylari işçilarni töğridan-töğri havo-tomçi infeksiyalaridan himoya qiladigan qurilmalar bilan jihozlangan bölişi zarurligi körsatib ötilgan.

Dorixonaga kirişda, hojatxonaning kirişida, dezinfeksiya eritma bilan namlangan kauçuk töşamalar bölişi kerak.

Yordamçi xodimlar xonasida qöllarini yuviş uçun va hojatxonada umivalniklar (yuviş idişlari) örnatilişi kerak, ular tirsakli (yoki sensorli) kranlar bilan jihozlangan bölişi kerak. Umivalnik yonida dezinfeksiyalaş vositalari, elektr quruq xavo uskunasi örnatilgan bölişi lozim. Dori-darmonlarni qadoqlaş bilan şuğullanmaydigan şaxslarga işlab çiqariş korxonalarida umivalniklardan foydalaniş taqiqlanadi.

Profilaktik dezinfeksiyalaş uçun dorixona (şoxobçalar) köçma kvars lampasi bilan jihozlangan bölişi kerak.

Dorixonada işlab çiqariş xonalarida ovqatlaniş taqiqlanadi. Işlab çiqariş xodimlariga şaxsiy buyumlarni iş joylarida va xalat çöntagida saqlaşga ruxsat berilmaydi, toza römolça bundan mustasno.