Yakuniy raqamlar Dudaning saylovlarning 2-bosqiçida 51,03 ovoz bilan ğalaba qozonganini tasdiqlagan. Uning Polşadagi eng yirik muxolif partiya “Fuqarolik platformasi”dan bölgan raqibi - Varşava meri Rafal Tşaskovskiy uçun 48,97 foiz ovoz berilgan.

Komissiya rahbari Silvestr Marçinyakning matbuot anjumanda ma'lum qilişiça, Duda uçun 10 mln 440 ming 648 nafar, Tşaskovskiyga esa 10 mln 18 ming 263 nafar polşalik öz ovozini bergan. 

Saylovçilarning iştiroki 68,18 foizni taşkil qilgan. Marçinyakning ta'kidlaşiça, saylovlarda ovoz beriş huquqiga ega bölgan 30 mln polşalikdan 20 mlndan köproği iştirok etgan. 

Polşada prezident saylovlari har beş yilda ötkaziladi. Bir kişi prezident lavozimini qatorasiga 2 martadan köproq egallay olmaydi. Duda 2015 yildagi saylovlarda ğalaba qozongaç, prezident kursisini egallagandi. 

Bungaça prezident lavozimini qatorasiga 2 muddat egallaşga Aleksander Kvasnevskiy muvaffaq bölgan. U mamlakatni 1995-2005 yillar davomida boşqargan.