Adliya vaziri örinbosari Muzraf Ikromov AOKAda ötkazilgan brifingda pandemiya davrida Özbekistonda nima sababdan favqulodda vaziyat e'lon qilinmayotganiga izoh berdi.
«Dunyo mamlakatlari tajribasi koronavirusga qarşi kuraş natijalari favqulodda holat, favqulodda vaziyat, komendantlik soati, karantinning alohida yoki birgalikda joriy qilinganiga boğliq emasligini körsatmoqda.
Özbekiston qonunçiligi ham favqulodda holat, favqulodda vaziyat, karantin tartibi kiritilişiga imkon beradi. Konstitutsiyaning 93-moddasi 19-bandiga muvofiq, prezident fuqarolar xavfsizligini ta'minlaşni közlab, respublikaning butun hududida yoki uning ayrim joylarida favqulodda holat joriy etişi mumkin», deya izoh berdi Muzraf Ikromov.
Vazir örinbosari «Aholining sanitariya-epidemiologik osoyiştaligi töğrisida»gi qonunning 3- va 31-moddalariga binoan, yuqumli va parazitar kasalliklar tarqalişining oldini olişga qaratilgan, xöjalik faoliyati va boşqa faoliyatning alohida tartibini, aholi, transport vositalari, yuklar va tovarlar harakatlanişining çeklanişini nazarda tutadigan ma'muriy, tibbiy-sanitariya çora-tadbirlarini közda tutuvçi çeklovçi tadbirlar, ya'ni karantin kiritilişi mumkinligini aytib ötdi.
Muzraf Ikromovning sözlariga köra, ayni paytda koronavirus infeksiyasi bilan kuraşda karantin mavjud tartiblar içida eng mutanosibi bölib turibdi va natija bermoqda. Zarurat bölsa, mazkur tartib doirasida vaziyatga qarab qöşimça çeklovlar kiritilişi ham mumkin.
Bundan taşqari, karantin qoidalarini buzganlik uçun jarimalar maxsus komissiya qarorlariga binoan emas, Jinoyat kodeksi va Ma'muriy javobgarlik kodeksiga asosan qöllanayotganini, hammasi qonunçilikka muvofiq ekani ham qayd etib ötildi.












