DSCC agentligi saytida ma'lum qilinişiça, tahlilçilar Janubiy Koreya kompaniyasining 2020 yil 2-çoragi uçun hisobotini örganib çiqib, uning bu çorakdagi tuşumini 64 mlrd dollarga baholaşgan. Mutaxassislar Janubiy Koreyaning The Elec naşrining koreys kompaniyasi tuşumiga Apple tölab bergan 900 mln dollar ham kiritilgani haqidagi ma'lumotini tekşirişgan. DSCC’ning baholaşiça, jarima miqdori aslida 950 mln dollarga yaqinni taşkil qilgan. 

AQŞ kompaniyasi Samsunğga undan kelişuvda körsatilgandan kamroq miqdorda OLED-panel xarid qilgani uçun jarima tölagan. Tahlilçilarning ta'kidlaşiça, Apple 2020 yil boşida smartfonlar bozorida talab pasaygani sababli kamroq miqdorda butlovçi qismlar xarid qilişga majbur bölgan.

Hisobotda ta'kidlanişiça, Apple öz tomonidan majburiyatlarning bajarilmagani uçun birinçi marta jarima tölaşi emas. 2019 yilda kompaniya Samsunğdan işlab çiqarilgan barça OLED-panelni sotib olmagani uçun unga 683 mln dollar jarima tölagan.