Boʻlajak muzokaralar kun tartibidan Oʻzbekiston–Hindiston strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash hamda koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari oʻrin olgan, deya xabar berdi prezident matbuot xizmati.
Tizimli siyosiy muloqot va madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirish, savdo, energetika, kimyo, geologiya, sogʻliqni saqlash, farmatsevtika, qishloq xoʻjaligi, mashinasozlik va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida aniq dasturlar va kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga ustuvor eʼtibor qaratiladi.
Xalqaro siyosat va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari hamda koʻp tomonlama tuzilmalar doirasidagi hamkorlik yuzasidan fikr almashiladi.
Uchrashuv yakunida ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli toʻplamini imzolash koʻzda tutilgan.









