«Koronavirusdan uyda davolaniş ham bevosita hududiy poliklinikalar kuzatuvi ostida, şifokorlar nazorati ostida amalga oşiriladi. Zinhor biror-bir davolaş çorasini tibbiyot xodimlarining maslahatisiz qiliş kerak emas.

Soğliqni saqlaş vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik agentligi tomonidan uy şaroitida davolaniş böyiça tartib işlab çiqilgan. Uşbu tartibga muvofiq, bir neça preparatlar, xususan azitromitsin, «Plakvenil» (gidroksixloroxin), lopinavir/ritonavir, remdesivir, umifenovir va favipiravir kabi dorilar tavsiya etiladi.

Bu dorilarning barçasi profilaktika maqsadida, kasallik yuqişining oldini oliş uçun ham işlatilişi mumkinligi aytilyapti. Lekin har qanday holatda ham siz bu kabi dorilarni özingiz emas, tibbiyot xodimlarining tavsiyasiga asosan olişingiz va qabul qilişingiz kerak böladi.

Sizning eng asosiy vazifangiz – immunitetingizni barqaror uşlab turiş uçun imkoniyatlarni işga soliş», degandi epidemiolog AOKAda bölib ötgan brifingda.

Boş davlat sanitariya inspektorining bu sözlari ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab böldi va ularning aksariyatida mazkur dorilarning profilaktika maqsadida qöllanmasligi bildirildi.

Xususan, şifokor Azizbek Boltayev öz sahifalarida quyidagi fikrlarni yozib qoldirgan:

«Boş davlat sanitariya inspektori, professor Nurmat Otabekov ergoferonni profilaktika maqsadida qabul qilişga qarşi çiqdi. Bu uçun rahmat! Lekin bu gap bilan çeklanmasdan u kişi azitromitsin, plakvenil va bir qator virusga qarşi dorilarni profilaktika maqsadida şifokor tavsiyasiga asosan içiş mumkin, deb xato fikr berib ötdilar. Gap şundaki, Otabekov öz nutqi davomida tilga olgan Covid-19 böyiça milliy davo qöllanmasida biror-bir dorini profilaktik maqsadda içiş tavsiya etilmagan, deb aniq yozib qöyilgan.

Bunday tavsiyalarni OAV orqali aytganda juda ehtiyot böliş kerak. Çunki halqimizning dorixonaga yugurib kerak-kerakmas dorilarni xarid qilib içişga moyilligi bor».

Kun.uz muxbiri vaziyatga oydinlik kiritiş uçun Nurmat Otabekov bilan boğlandi.

«Albatta men bunday mazmundagi fikrlarga qöşilaman. Brifing paytida dorilarning nomlarini aytiş, istasak-istamasak uşbu dorilarni tarğib qilişga öxşab ketadi. Men epidemiologman, davolovçi şifokor emasman. Şuning uçun xam şifokorlar tavsiyasiga asosan degan fikrni qayta-qayta aytdim.