«Nafaqat tana haroratining kötarilişi, tomoqda oğriq, burunda qandaydir açişişning paydo bölişi, nafas yetişmovçiligi, ba'zi holatlarda hid biliş, ta'm biliş funksiyalarining pasayişi, hatto iç ketiş holatlarini ham koronavirus alomati bölişi mumkinligini qayta-qayta aytyapmiz.
Lekin aniq bilamizki, kasallikka çalinganlarni köpçiligi, ya'ni qariyb 60 foizdan köproği alomatlarsiz, heç qanaqa klinik belgilarsiz keçyapti. Demak, bir paytning özida nafaqat tomoq oğriği yoki yötal, balki biron bir klinik belgilarsiz ham kasallik keçişi mumkinligini yoddan çiqarmaslik kerak. Agar bemorlar bilan muloqotda bölganlar bölsa, salomatliklarini xavf ostiga qöymasdan zudlik bilan tekşiruvdan ötişlari, COVID-19 yuqqan-yuqmaganligini aniqlaş uçun test topşirişi maqsadga muvofiq hisoblanadi», deya Nurmat Otabekovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Boş davlat sanitariya inspektorining aytişiça, odamda hid va ta'm biliş xususiyatlarining yöqolişi koronavirus kasalligiga şubha qiliş uçun asos bölişi mumkin.
«Özbekiston şaroitida respirator kasalliklar, ötkir respirator kasalliklarning bir neça turlari uçrab turadi. Gripp, para-gripp kasalligi, renavirus, riyavirus, şu jumladan, koronavirus ham respirator kasalliklar sirasiga kiradi.
Lekin bizdagi va dunyo hamjamiyatidagi kuzatuvlar şuni körsatmoqdaki, koronavirus kasalligida aynan öşa hid va ta'm biliş xususiyatlarining yöqolişi köproq namoyon böladi. Demak, bu kabi belgilarni ötkir respirator kasalliklar fonida paydo bölişi koronavirus kasalligiga şubha qiliş uçun asos bölişi mumkin»», deydi Nurmat Otabekov.
Özbekistonda qaysi kasb egalari köproq koronavirusga çalingan? Mutaxassis izoh berdi
«Özbekistonda koronavirusdan vafot etayotganlarning soni yaşirilmayapti» – Nurmat Otabekov














