«Birinçi topşiriq şundan iborat böldiki, fuqarolarimiz özi bezovta bölayotgan holatlar yuzasidan tibbiyot muassasalariga 103 raqami orqali tez yordamga murojaat qilişlarida biron bir bandlik holatlari bölmasligi töğrisida topşiriq berdilar.
Bu borada tegişli davlat organlarining imkoniyatlarini işga solgan holda, murojaatlarni qabul qiliş, öz vaqtida örganiş va birlamçi tibbiy yordamni öz vaqtida körsatiş çoralari köriladi.
Bundan buyon har bir fuqaromiz «103»ga murojaat qilganda, bandlik holatlari, ayniqsa uzoq vaqt band böliş holatlariga mutlaqo çek qöyiladi.
Ikkinçi topşiriq – tez tibbiy yordam xizmatini yana kuçaytiriş. Bu borada tegişli malakali tibbiyot xodimlari, tibbiy texnika vositalari va transport vositalarini yanada köpaytiriş, aholiga qulay tez yordam körsatiş vazifasi oldimizga qöyildi.
Bundan buyon 15 daqiqadan köp bölmagan vaqtda zudlik bilan tez tibbiy yordam avtomaşinalari tegişli xodimlar bilan yetib borişi töliq ta'minlanadi.
Uçinçi masala fuqarolarimizdan test namunalarini öz vaqtida oliş va ularning javoblarini imkon qadar zudlik bilan çiqariş böyiça bor imkoniyatlarni yanada safarbar qilib, test namunalari tahlillarini uzoği bilan ertasi kuniga çiqarib beriş va javoblarni murojaat qilgan fuqarolarimizga öz vaqtida yetkaziş çoralari ham köriladi.
Eng asosiy topşiriqlardan biri şu böldiki, tibbiy dori-darmonlarga, tibbiyot vositalariga bölgan ehtiyojni tölaqonli qondirişga alohida e'tibor qaratildi. Bu borada keçaning özida prokuratura organlari tomonidan Toşkent şahridagi mavjud 1700dan ortiq dorixonalar rahbarlari rasman ogohlantirildi.
Koronavirusdan profilaktika qiliş uçun 5 turdagi va kasallikni davolaşga möljallangan 9 turdagi majburiy tartibdagi dori vositalarini kamida 1 oy, yoki 2-3 oylik zaxirasini töliq ta'minlaş va ularni arzon narxlarda aholiga sotiş tartibi ham joriy qilindi», – dedi Niğmatilla Yöldoşev.













