O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti barcha viloyatlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahrida mintaqaviy kengashlariga ega bo‘lib, ta'limning ilg‘or texnologiyalari va innovatsion usullaridan foydalangan holda o‘z faoliyatini amalga oshirib kelmoqdalar. Jumladan, tashkilotning Namangan viloyati kengashi tasarrufida 12 ta O‘quv sport texnika klublari va viloyat texnik va amaliy sport turlari markazi  mavjud.Ular quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyat olib bormoqda:

- Yoshlar va fuqarolarni ma'naviy-axloqiy va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning ongiga vatanparvarlik, Vatanga muhabbat, mehnatga mas'uliyatli munosabat, harbiy xizmatga hurmat tuyg‘ularini singdirish;

- sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantirilishi va ommalashtirilishini ta'minlash, sport tashkilotlari va jamoalari faoliyatiga ko‘maklashish;

- bolalar, o‘smirlar va chaqiruvgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida ommaviy sport ishlarini tashkil etish va o‘tkazish;

- yoshlar va fuqarolarni mudofaa sohasidagi boshlang‘ich bilimlarga o‘qitishda va ularni harbiy xizmatga tayyorlashda davlat hokimiyati organlariga ko‘maklashish;

- avtomototransport vositlari haydovchilarini, shuningdek, ommaviy texnik kasblar mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

- shunday yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyat yuritayotgan xalqaro tashkilotlar bilan faol hamkorlik qilishdir.

https://ok.ru/videoembed/1585237723839

«Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash faoliyati bo‘yicha:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.05.2018 yildagi 408-sonli «Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta'lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora – tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori bilan tasdiqlangan Nizomlar talablari asosida, O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti tasarrufidagi barcha o‘quv muassasalar o‘z faoliyatini yuritib kelmoqda.

Ushbu tashkilotlarda “A”,“V”,“VS” toifali avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va “S”, “D”, “Ve”, “Se” toifalar bo‘yicha qayta tayyorlash ishlari amalga oshirilmoqda .