7 iyul kuni Xalq deputatlari Çust tuman kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi. Yiğilişda Çust tumani hokimi bölib işlab kelgan Bahodir Oxunov öz lavozimidan ozod etilgan.
Sessiyada iştirok etgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Çust tumani hokimi lavozimiga Bekzod Hamdamov nomzodini taklif qilgan. Deputatlar uşbu nomzodni ma'qullagan.

Bekzod Hamdamov 1979 yilda Mingbuloq tumanida tuğilgan. 2001 yilda Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti, 2008 yilda esa Soliq akademiyasi magistraturasini tamomlagan.
U muqaddam «Yuksaliş» umummilliy harakati Namangan viloyat bölinmasi rahbari lavozimida faoliyat yuritgan, 2020 yil boşidan buyon Mingbuloq tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari sifatida işlab kelayotgandi.
Bahodir Oxunov Çust tumaniga 2016 yildan buyon rahbarlik qilib kelayotgandi. Uning keyingi faoliyati haqida hozirça ma'lumot yöq.











