SpaceX asosçisi Ilon Mask Starlink sun'iy yöldoşlari signalini qabul qiluvçi qurilmadan foydalaniş osonligini ma'lum qildi.
Uning sözlariga köra, terminalni hovli yoki tomga – osmon körinib turadigan har qanday joyga qöyiş mumkin. Maskning aniqlik kiritişiça, qurilmaga dvigatel va mos sun'iy yöldoşni topişga yordam beradigan maxsus dasturiy ta'minot örnatilgan.
Avvalroq SpaceX Starlink terminallarining yopiq beta-sinovini yölga qöygandi. Xohlovçilar qurilmani uylariga örnatişi, global internetdan foydalanişi va uning işi haqida kompaniyaga ma'lumot berişlari mumkin.
Starlink loyihasi doirasida orbitaga 12 mingdan 30 mingtagaça sun'iy yöldoş olib çiqiş möljallangan. Ular uç qavat bölib Yerni örab oladi va şu tariqa butun dunyoga sifatli internet yetkazib berişni ta'minlaydigan provayder uçun «sun'iy yöldoşlar armiyasi» paydo böladi.












