Sönggi haftalarda «Bunyodkor» klubi yarimhimoyaçisi Jasur Jaloliddinovning transferi miş-mişlari, Xurşid Ğiyosovning Koreyadan qaytişi mumkinligi hamda Superligadagi ilk koronavirus holati futbolimiz ayvonidagi asosiy voqealardan bölib turibdi. Bu borada aniq ma'lumot oliş uçun Kun.uz sayti «Bunyodkor» boş direktori Uluğbek Mirzayevdan intervyu oldi. Jamoa rahbari suhbat davomida Jasur Jaloliddinovga Yevropadan bölayotgan takliflar, transfer puli, Xurşid Ğiyosovning Koreyadan qaytiş imkoniyatlari hamda qaysi futbolçining koronavirus yuqtirib olganini oçiqladi.

«Bunyodkor»ning qaysi futbolçisida koronavirus aniqlandi? Klubdagi vaziyat qanday?

- 7 iyul kungi Superliga doirasidagi «Navbahor» bilan öyin oldidan futbolçilarimizdan birida harorati kötarilib, isitma kuzatildi. Lekin öyinga 2 kun qolganida futbolçi özini yaxşi his qilayotganini murabbiylar ştabiga aytdi, şaxsan özim ham gaplaşdim. Şu bois u «Navbahor»ga qarşi öyinda maydonga tuşdi. Gap jamoamiz himoyaçisi Islomjon Qobilov haqida ketayapti.

Öyin yakunidan keyin baribir test topşiriş kerakligi haqida qarorga keldik va 9 iyul kuni Islomjon Qobilov test topşirdi. 12 iyul kuni esa test javobida uning virus yuqtirib olgani ma'lum böldi. Şunga qaramay, şifokorlar va infeksionistlar klub qarorgohida bölib, futbolçimizni tekşiruvdan ötkazişdi va ularning aytişiça bu virus olib yuruvçi şaxs emas. Qobilovdagi virus alomatlari juda yengil ekanligi tufayli isitmasi ham pasaygan. Futbolçiga 4-5 kun davolaniş tavsiya qilindi.

Şunga qaramay, klub va qarorgohimizdagi jami 65 nafar kişini test topşirişga undadik. 20 nafar futbolçimiz böyiça javoblar ma'lum böldi, ulardan heç birida virus alomatlari yöq. Tez orada xodimlarimizning ham topşirgan test javoblari beriladi. Umid qilamanki, heç kimda infeksiya aniqlanmaydi. Hammasi yaxşi bölsa, biz bu ma'lumotlarni PFLga taqdim etamiz. Ruxsat berilgaç, Superliga doirasidagi «Metallurg»ga qarşi öyinga tayyorgarlikni boşlaymiz.  

Uluğbek Mirzayev

Koreya klubini tark etgan Xurşid Ğiyosov «Bunyodkor»ga qaytadimi?

- Xurşid «Anyang» jamoasiga borib qöşilganidan buyon doimiy aloqadamiz. Çindanam, u jamoasi bilan şartnomasini bekor qildi. Alohida qayd etiş kerakki, Koreya klubi öz majburiyatlari asosida Xurşidga tovon pullarini tölab bergan. Hozirda futbolçi hali ham Koreyada bölib turibdi. Sababi u yerda yana 10 kun transfer oynasi oçiq böladi. Ğiyosovni aytişiça, hozirda unga Koreyaning quyi ligasidan ikkita klub qiziqayapti. Ular bilan futbolçining agenti muzokara olib bormoqda. Xurşidning yana «Bunyodkor»ga qaytişi muzokaralarning qanday tugaşiga boğliq. U koreyslar bilan kelişuvga erişa olmasa, biz uni xursandçilik bilan kutib olişga tayyormiz. Uning ötgan yilgi 10-raqamli futbolkasi ham böş turibdi. Qaytsa, u yana şu raqamda töp surişi mumkin böladi.