Örganiş natijalariga köra, Quyi Çirçiq tumani hokimligi mavjud muammolarni aniqlab ularni bartaraf etiş borasida yöllangan murojaatlarga ma'uliyatsizlik bilan yondoşib kelganligi aniqlangan.
Natijada tuman hokimining iqtisod masalalari böyiça birinçi örinbosari A.Karimjonovga nisbatan ma'muriy bayonnoma rasmiylaştirilib, Oqqörğon tumani ma'muriy sudining qarori bilan unga bazaviy hisoblaş miqdorining 5 barobari miqdorida ma'muriy jarima tayinlangan.
Bundan taşqari, Vakil Devoni xodimlari tomonidan ötkazilgan örganişda tadbirkorlik sub'yektlarining murojaatlarini körib çiqiş muddatlari buzilganligi uçun Quyi Çirçiq tuman arxitektori O.Xabibullayev va tuman xokimligi mas'ul xodimi B.Sobirjonovlarga nisbatan ma'muriy bayonnoma rasmiylaştirilib, ma'muriy sud qarori bilan ularning har biriga eng kam oylik iş xaqining 3 (uç) barobari miqdorida ma'muriy jarima belgilangan, deb xabar qilmoqda Prezident huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça Vakil devoni.












