Quyi Çirçiq tuman hokimi örinbosari – oila va xotin-qizlar bölimi boşliği Fotima Kamolova jinoiy javobgarlikka tortildi. Kun.uz sud hukmi bilan tanişdi.
Sud hujjatida keltirilişiça, Fotima Kamolova Quyi Çirçiq tuman hokimi örinbosari – oila va xotin-qizlar bölimi boşliği sifatida işlab kelib, mansabdor şaxs böla turib, jinoyat sodir etiş yöliga kirgan. U Kasaba uyuşmasi hamda homiylik mablağlari hisobidan amalga oşirilişi belgilangan “Şördanak” hajviy teatri dasturi çiptasi uçun noqonuniy tarzda “Ayollar daftari” jamğarmasi hisobidan 15 mln söm ajratib, şartnoma tuzişga sababçi bölgan.
Tuzilgan şartnoma asosida YaTT hisob raqamiga 15 mln söm pul mablağlari ötkazilgan. Hokim örinbosari uşbu pul mablağlarini tadbirkor orqali naqdlaştirib, “Şördanak” hajviy teatri rahbariga bergan. Kamolova bu orqali “Ayollar daftari” jamğarmasidagi pul mablağlarini rastrata qiliş yöli bilan talon-toroj qilgan.
Şuningdek, u Quyi Çirçiq tuman hokimining tegişli farmoyişiga asosan “Ayollar daftari” jamğarmasi mablağlari hisobidan “Ayollar daftari”da röyxatda turgan ehtiyojmand xotin-qizlarning uy-joyini ta’mirlaş uçun 90 mln 302 ming sömga quriliş mollari xarid qilgan. 51 mln 274 ming sömlik quriliş materiallarini tumandagi 16 ta mahallada yaşovçi fuqarolarga tarqatgan. Ixtiyorida qolgan 35 mln 172 ming sömlik quriliş materiallarini esa rastrata yöli bilan talon-toroj qilib, davlat manfaatlariga ança miqdorda moddiy zarar yetkazgan.
Fotima Kamolova aybiga iqror bölib, şartnomani tuman hokimining birinçi örinbosari K.Uskenbayev va tuman hokimligining boş hisobçisi rasmiylaştirganini, u manfaatdor bölmaganini, hozirda qilgan işidan puşaymonligini bildirgan hamda suddan qonun doirasida yengillik berişni söragan.
Sud hujjatiga köra, Quyi Çirçiq tuman prokuraturasi tergovçisi S.Mirzaxmedovning 2024 yil 13 apreldagi jinoyat işining bir qismini tugatiş haqidagi qaroriga asosan Quyi Çirçiq tuman hokimi birinçi örinbosari Kamoliddin Uskanbayev va Yoşlar işlari agentligi tuman bölimi boşliği lavozimida işlagan A.Suleymanov hamda boşqalarga nisbatan qözğatilgan jinoyat işi harakatdan tugatilgan.
Sud hukmi bilan Fotima Kamolova Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi “b, g” bandlari (Mansab mavqeyini suiiste’mol qiliş yöli bilan takroran özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) va 209-moddasi 1-qismida (Mansab soxtakorligi) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga nisbatan 1 yil muddatga muayyan huquqdan mahrum qilib, har oylik iş haqining 15 foizini davlat daromadiga uşlab qolgan holda 1 yil 8 oy muddatga axloq tuzatiş işlari jazosi tayinlangan. Tayinlangan asosiy jazo şartli hisoblanib, 1 yil sinov muddati belgilangan.












