IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, lekin Malika U. qarşilik körsatgan va qoçib ketgan. 21 yoşli qiz 27 yoşli fuqaroga nisbatan qonuniy çora körişlarini sörab IIBga ariza bilan murojaat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Quyi Çirçiq tuman IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Qulmaxon M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 136-moddasi 1-qismi (Ayolni erga tegişga majbur qiliş yoki uning erga tegişiga tösqinlik qiliş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.   

Jinoyat kodeksi normalariga köra, bu turdagi jinoyatlar uçun bazaviy hisoblaş miqdorining 25 baravarigaça miqdorda jarima yoki 360 soatgaça majburiy jamoat işlari yoki 3 yilgaça axloq tuzatiş işlari yoxud 1 yildan 3 yilgaça ozodlikni çeklaş yoki 3 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlanadi.