Sergeli tumani hokimi Baxtiyor Şamuratov tuman aholisiga murojaat qildi.
https://ok.ru/videoembed/1586602904255
Hokim koronavirus pandemiyasi jiddiylaşib borayotgan bir paytda aholi orasida kasallanganlar köpayib borayotganini, kasallik tarqalişining oldini oliş uçun amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar bilan bir qatorda karantin qoidalariga rioya qilmayotganlar ham köpayib borayotganini qayd etdi.
«Hurmatli fuqarolar, hozirgi kunda biz özimizni va yaqinlarimizni ehtiyot qilişimiz kerak. Sizlardan özingizni asraşingizni, karantin qoidalariga rioya qilib, tibbiyot xodimlarining barça körsatmalariga amal qilişingizni sörayman», dedi Baxtiyor Şamuratov öz murojaatida.
Uning ta'kidlaşiça, ayni paytda tumanning 4ta sektorida call-center’lar işlab turibdi. Mazkur sektorlarga tuman hokimi, tuman prokurori, içki işlar bölimi boşliği, tuman davlat soliq inspeksiyasi rahbari biriktirilgan. Sektorlardagi call-center’larga fuqarolar özlari yoki oilasiga oid, mahalla va tumandagi vaziyat bilan boğliq savollar bilan murojaat qilişi mumkin.
«Şuningdek, tumandagi 6ta poliklinikada ham alohida call-center’lar işlamoqda. Ularga telefon qilib, uyda davolaniş şartlari, qanday dorilar içiş mumkinligi töğrisida ma'lumot olişingiz mumkin», dedi hokim.
Bundan taşqari, Sergeli tuman hokimining ma'lumot berişiça, tumanda barça dori zaxiralari şakllantirilgan. Bular orasida 61 turdagi zaruriy dorilar mavjud. Hududdagi 104ta dorixonada ham narx-navo qat'iy nazoratga olingan. Qişloq xöjaligi mahsulotlari böyiça ham tuman zaxirasi yetarli.
Sergeli tumani tibbiyot birlaşmasi qoşidagi Covid-19 tezkor ştabi telefon raqamlari:
71-281-82-36
71-208-72-23
Sergeli tumani sektor rahbarlari ştablari telefon raqamlari:
1-sektor: 71-257-97-00
2-sektor: 71-202-07-61
3-sektor: 71-257-00-01
4-sektor: 71-258-29-02
















