Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada kuchli ta'sir qiluvchi moddalarni olib o‘tishga uringan shaxs ushlandi
Farg‘ona viloyatida kuchli ta'sir qiluvchi moddalarni olib o‘tishga uringan shaxs qo‘lga olindi.

Milliy gvardiya matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 14 iyul kuni soat taxminan 18:00da Farg‘ona viloyati, Quvasoy - Marhamat chegara postida Lacetti rusumli avtomobil bojxona xodimlari tomonidan to‘xtatilmoqchi bo‘lganida, haydovchi bo‘ysunmasdan, qochib ketgan.
Farg‘ona viloyati IIB va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan olib borilgan hamkorlikdagi tezkor chora-tadbirlar natijasida, shu kunning o‘zida, soat 21:10da Farg‘ona tumani Log‘on qishlog‘ining Rizo mahallasida haydovchi qo‘lga olingan. U faol qarshilik ko‘rsatishga uringan.
Shubhali avtomobil xolislar ishtirokida o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirilganida jami 235 mln so‘mlik 560 dona konvalutadagi 7840 dona «Regapen 300 mg» nomli kuchli ta'sir qiluvchi dorilar borligi aniqlangan.
Bu holat yuzasidan Bojxona boshqarmasi tomonidan olib borilgan tergovga qadar surishtiruv harakatlari davomida qonuniy talablarga bo‘ysunmagan shaxs Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida yashovchi 1997 y.t. O. A. ekanligi aniqlangan. Hozirgi vaqtda tergovga qadar surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Yangi O‘zbekistonda daraxtlar suvsizlikdan qurib boryapti
O‘zbekiston | 15:21 / 02.08.2025
Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yo‘li quriladi
O‘zbekiston | 10:44 / 02.08.2025
Voyaga yetmagan shaxs «sudlanmagan» deb hisoblanishi belgilanmoqda
O‘zbekiston | 23:00 / 01.08.2025
Andijonda alimentdan qochib yurgan erkak hiyla bilan tuzoqqa tushirildi
Jamiyat | 22:24 / 01.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hukumat “Sea Breeze Uzbekistan” qurilishini tasdiqladi
O‘zbekiston | 23:49 / 04.08.2025
-
Adijonda o‘qituvchilar ta’mirlagan maktabning direktori ishdan bo‘shatildi
O‘zbekiston | 23:42 / 04.08.2025
-
Isroilda Netanyahu ishini olib borayotgan bosh prokuror iste’foga chiqarilishi mumkin
Jahon | 23:20 / 04.08.2025
-
Rossiya yadroviy raketalarini yana Yevropaga qaratishini ma’lum qildi
Jahon | 23:06 / 04.08.2025
Mavzuga oid

11:20 / 30.12.2024
14 ming dona psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi dorilar savdosiga chek qo‘yildi

10:10 / 18.07.2024
Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarosi psixotrop moddani bojxonachi qo‘lidan tortib olib, yutib yubordi

12:43 / 08.04.2024
Toshkentda yo‘l talashib janjallashgan haydovchining mashinasidan psixotrop dorilar topildi

19:37 / 19.02.2024