https://ok.ru/videoembed/1591350594239

«Bemorning özi koronavirus kasalligini yengil formada ötkazayotgani haqida bilmaydi. U özini yomon his qilişi tufayli «Tez yordam» çaqiradi. «Tez yordam»da taşxis qöyiş imkoni bölmagani bilan şifokor bemorni tinçlantiriş imkoniga ega.

Hozir faqat koronavirus haqida gapirganimiz bilan boşqa kasalliklar yöqolib qolmagan. Kimdir infarktni, kimdir insultni boşidan ötkazişi mumkin», deya ta'kidladi şifokor.

U hamma insonlar ham faqat hid va ta'm bilmay qolgani uçungina «Tez yordam» çaqirmasligi, ayrim paytlarda odamlar kasallikni ötkazib ham yuborişayotganini qayd etdi. Şuning uçun şifokorlar ham e'tiborliroq bölişi, poliklinika şifokorlari ham mas'uliyat bilan işlaşi zarurligi ta'kidlandi.

«Menimça, koronavirus haqida kun ora turli onlayn platformalar orqali poliklinika şifokorlari bilan ham treninglar olib boriş kerak», dedi u.

Loyihaning yana bir iştirokçisi, Virusologiya instituti ilmiy xodimi Ra'no Qosimova esa respublikadagi barça şifokorlar koronavirus böyiça öqitilgani, bemorlarning uçastka şifokoriga biriktirilişining sababi ham şunda ekanini aytib ötdi.

Qayd etilişiça, poliklinika şifokorlari bemorning tibbiy ahvolidan xabardor bölişadi va unga kerakli muolajalarni buyurişi, agar lozim bölsa, statsionar şaroitda davolanişga yöllanma berişi ham mumkin.