Viruslarni aniqlaş va ular bilan kuraşişda Isroil davlatidagi tajriba örgangulik. Ular 2020 yilning 1 sentyabrigaça barça kiruvçilar uçun çegaralarini yopdi. Nimaga? Çunki içkariga kirgan har bir inson virusning yangi, borayotgan joyidagi muhitga moslaşmagan tipini olib kirişi mumkin. Bu yangi tölqin degani.

Payğambarimiz (s.a.v.) ham «Vabo tarqalgan joyga bormangiz, agar turgan joyingizda vabo bölsa, u yerdan ketmangiz», deb bekorga aytmaganlar.

Xorijdan vatandoşlarimizni olib kelişni töxtatiş, ularni turgan mamlakatlarida davolanişlarini moliyalaştiriş haqida öylaşimiz kerak. Bu birinçi navbatda öşa vatandoşimizning qarindoşlariga, qolaversa butun Özbekistonga yaxşilik böladi», deya fikr bildirdi siyosatçi.

Boş davlat sanitar vraçi Nurmat Otabekovning aytişiça, xorijdan olib kelinayotgan özbekistonliklar karantinni mehmonxonalarda ötkazişlari mumkin, faqat ularni qabul qiladigan mehmonxonalar karantin talablariga rioya qiliş imkoniyatiga ega bölişi kerak.

«Respublika maxsus komissiyasi Özbekiston şahar va tumanlari kesimida charter reyslarida olib kelinadigan fuqarolar karantinni ötkazişlari uçun mehmonxonalar röyxati şakllantirilgan va 10 kun uçun narxlari belgilangan. Bu ma'lumotlarni Soğliqni saqlaş vazirligi hamda Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasining rasmiy sayti hamda Telegram'dagi Koronavirus Info kanalidan topiş mumkin.

Charter reyslar orqali respublikaga kirib kelayotgan şaxslar uçun bu mehmonxonalar röyxati taqdim etiladi. Xorijdan olib kelingan fuqarolarning xohişlari asosida istovçilar uşbu mehmonxonalarga joylaştiriladi», degan u.

Ma'lumot uçun, 13 iyuldan e'tiboran yuzaga kelgan vaziyat sababli mahalliy yönalişdagi poyezd va aviaqatnovlar qayta töxtatilgan.