Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dream Architect dizayn-byurosi foydali shartlar bilan ta'mirlash va dizayn ishlarida yordamlashadi
Professional dizayn-byuro ta'mirlash va interer barcha bosqich xizmatlarini bo‘lib to‘lash asosida taqdim etadi.
Dream City Development kompaniyasi o‘z mijozlariga qulaylik yaratish haqida o‘ylaydi va doim yuqori sifatli ko‘chmas mulk egasining ehtiyojlarini hisobga olishga intiladi. Dream Architect dizaynerlik byurosi yaratilishi kompaniyaga qo‘shimcha xizmat turlarini taklif qilish imkonini berdi.
Alohida yondashuv
Dream Architect dizayn-byurosi – bu loyihalash yo‘nalishidagi xonadon yoki savdo joyining intererini yaratadigan mutaxassislar jamoasi. Bugungi kunda byuro tomonidan Gardens Residence va Boulevard turar joy majmualaridagi 150dan ortiq dizayn-loyihalar bajarilgan.
Mutaxassislar har bir mijozga alohida yondashib, uning istaklari, talablari va budjetini hisobga olib yuqori darajadagi sifatli ishlarni amalga oshiradi. Me'moriy byuro ishning barcha bosqichlarini nazoratga olib, bino egasini talablari asosida yaratilgan 3D-modeldan to oxirgi jarayongacha, ishning sifatini ham nazorat qiladi.
Vaqt va resurslarni tejash
Ko‘chmas mulkni sotib olish joy hududini bo‘lib ajratish, binoni dizayni va bezash ishlari kabi ko‘plab savollarni keltirib chiqaradi, ularni hal qilish uchun esa ko‘p vaqt va kuch sarflanadi.
Dream Architect dizaynerlik byurosiga ta'mirlash ishlarini topshirish qimmatli vaqtni tejash va mablag‘larni to‘g‘ri taqsimlashga yordam beradigan mukammal yechimdir. Mutaxassislar mavjud maydon hududidan foydalanishga oid tayyor sinalgan va eng to‘g‘ri variantlarni taklif qilishadi.
Shuningdek, Dream Architect dizayn-byurosi yuqori sifatli mahsulotlarni yetkazib beruvchi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik qiladi. Bunda narxlar albatta mustaqil ravishda ishni bajarishga qaror qilib, kerakli narsalarni izlab topgandagi narxdan farq qiladi. Bu holat mahsulot narxining past bo‘lishini ta'minlaydi.
Qulay va foydali shartlar
Mijoz ta'mirlash ishlarining bir qancha bosqichini yoki ulardan birini: dastlabki pardozlash, ta'miroldi pardozlash yoki mebel o‘rnatilib interer tayyor ta'mirlangan holatini tanlashi mumkin.
Dream City Development kompaniyasi mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida dizayn-byuroning quyidagi qulay va foydali shartlarini taklif etadi: bir martalik to‘lovga chegirmalar, qulay shartli bo‘lib to‘lash yoki kechiktirilgan to‘lov.

Dream City Development kompaniyasi ofisiga tashrif buyurib Dream Architect loyihalari va xizmatlari bilan to‘liq tanishishingiz mumkin. Sotuv ofisi dam olish kunlarisiz 9:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.
Manzil: Toshkent shahri, Furqat ko‘chasi, Tashkent City XIM
Mo‘ljal: Xalqlar do‘stligi maydonidan Alisher Navoiy shoh ko‘chasi tomon yo‘l.
Yagona ma'lumot markazi: +99871-202-22-22
Sayt: www.dreamcity.uz
Telegram: www.t.me/dreamcityuz
Facebook: www.fb.com/dreamcity.uz
Instagram: @dreamcity.uz
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
15:00 / 10.11.2025
Chorvoq Darvozasi turar joy majmuasida O‘zbekiston Milliy banki va yetakchi developerlardan biri - Dream City kompaniyasi tantanali kalit topshirish marosimini o‘tkazdi
11:00 / 03.07.2025
Chorvoq Darvozasi – istiqbolli ko‘chmas mulk sarmoyasi
15:00 / 24.06.2025
Chorvoq Darvozasi - O‘zbekistondagi tog‘li hududdagi yangi turdagi turar-joy majmuasi
15:00 / 03.06.2025