Sietlda Black Lives Matter harakati doirasida ötkazilgan namoyiş iştirokçilarining huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlari bilan töqnaşuvi natijasida kamida 12 nafar politsiyaçi jarohatlandi.
"Yakşanba kuni katta namoyişning qator qatnaşçilari hokimiyat organlari hamda xususiy muassasalar joylaşgan binolarga sezilarli zarar yetkazdi. Kamida ön ikki politsiyaçi jarohatlandi", - deyiladi Sietl politsiya departamenti xabarida.
Namoyişlar erta tongdan boşlangan va tinç ötgan. Ammo kun örtalariga kelib köçalarda beysbol tayoqlari bilan qurollangan kişilar guruhi paydo bölgan. Politsiyaning ma'lumot berişiça, ular binolarga zarar yetkazişgan. Ikkita politsiya uçastkasi va şahar politsiya boşqarmasi hamda munitsipal sud binosi hujumga uçragan.
Sietl ğarbidagi politsiya uçastkalaridan biriga öt qöyişga urinişgan. Politsiyaçilarga turli buyumlar uloqtirilgan. Hujum qilganlarga qarşi yoruğlik-şovqin granatalari va qalampirli gaz qöllanilgan.
AQŞda may oxirlarida afroamerikalik Jorj Floydning ölimidan söng politsiya zöravonligiga qarşi namoyişlar bölib ötmoqda.


















