Özbekiston Boş prokurori Niğmatilla Yöldoşev 15 iyul kuni prezident videoselektoridan söng bergan intervyusida tez tibbiy yordam xizmati yanada kuçaytirilişi, tez tibbiy yordam avtomaşinalari tegişli xodimlar bilan 15 daqiqadan köp bölmagan vaqtda çaqiruv böyiça yetib borişi töliq ta'minlanişini aytgandi.

Boş prokuratura matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, davlat rahbarining tegişli topşiriqlari ijrosi doirasida bugungi kunga qadar muayyan işlar amalga oşirilgan. Xususan, koll-markazlar sonini köpaytirişda Toşkent şahrining özida qönğiroqlarni qabul qiliş uçun tez yordam markaziy stansiyasida qöşimça 70ta joy taşkil etilgan.

Bu yerda operatorlik faoliyatini yuritiş uçun maxsus öquv kurslarda tayyorgarlik körgan köngillilar faoliyat yuritmoqda. Bundan taşqari, Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida tibbiy maslahat körsatiş böyiça 50 nafar köngilli şifokorlardan iborat koll-markaz ham öz işini boşlagan.

Toşkent şahar prokuraturasi tomonidan u yerda xizmat ötayotgan köngilli işçilarga maxsus kiyimlar va bepul kunlik oziq-ovqat yetkazib berilmoqda.

Tez yordam xizmati faoliyatini yaxşilaş maqsadida tez yordam markaziy stansiyasi qöşimça 50ta “Damas”, 12ta “Foton” va 27ta “Isuzu” maxsus avtomaşinalari bilan ta'minlangan.

Şuningdek, Boş prokuratura taşabbusi bilan yaqin kunlarda “Shifoxona info” telegram boti taşkil etilib, har bir kasalxonaga prokuratura xodimi biriktirilişi va şahardagi kasalxonalarda mavjud böş örin (koyka)lar hisobi yuritilişi yölga qöyilişi rejalaştirilgan. Bu xizmat çaqiruvga çiqqan tez yordam brigadasini bemorning kasalligi böyiça böş joy mavjud bölgan yaqin oradagi şifoxonalarga yönaltiriş imkoniyatini beradi, deyiladi Boş prokuratura ma'lumotida.