25 aprel kuni «Suvsoz» DUK saytida 24 apreldan Toşkent şahri aholisi uçun sovuq suv narxlari oşirilişi haqida xabar berildi. Unda yangi narxlar poytaxt hokimiyati tomonidan 2 aprel kuni tasdiqlangani aytilgandi.

Internet naşrlari bu ma'lumotni narxlar oşirilişi haqidagi xabar narxlar oşirib bölinganidan bir kun ötib e'lon qilinganiga urğu qaratilgan holda tarqatildi.

Köp ötmasdan «Suvsoz» saytidan bu ma'lumot öçirib taşlandi. Lekin xabardan skrinşot olingandi.

Foto: Zed News

Şundan keyin ijtimoiy tarmoqlarda bu holat tanqidiy muhokama qilina boşlandi. Xususan, bloger va huquqşunos Xuşnud Xudayberdiyev telegram-kanalida joylaştirgan «Qonunçilikni buzgan va iste'molçilar ustidan oçiqçasiga kulgan «Suvsoz» sarlavhali postida «Suvsoz» Toşkent şahar hokimining qarori 2 aprel kuni çiqarilgan qarorini iste'molçilardan 23 kun davomida «sir saqlab kelgani»ga e'tiroz bildirdi.

Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 15 iyuldagi 194-son qarorining 2-ilovasi bilan tasdiqlangan «Iste'molçilarga suv ta'minoti va oqova suvni çiqariş xizmatlari körsatiş qoidalari»da şunday qoida belgilangan:

«119. Suv quvuri-kanalizatsiya xöjaligi (ISKX) taşkiloti quyidagilarga majbur:

içimlik suv ta'minoti va oqova suvni çiqariş xizmatlari tariflaridagi özgarişlar haqida ular amalda joriy qilinişidan 15 kun avval ommaviy axborot vositalari yoki boşqa aloqa vositalari yordamida iste'molçilarni xabardor qiliş;»

Lekin «Suvsoz» 15 kun oldin emas, amalda joriy qilinganning ertasi kuni xabar bergandi.

«Aytingçi, iste'molçilarning ustidan bu darajada kuliş mumkinmi? Ha, mumkin.

Qaçon? Qaçonki sen Özbekistonda mutlaq monopoliya bölsang, böldi, istagan işingni qilişing mumkin. Heç kim ğing demaydi.

Nari borsa, internetda xalq biroz minğir-minğir qilişi mumkin, lekin bunaqa paytlarda xabarni öçirib, sekingina «bizga baraban» rejimini yoqib olsangiz kifoya, odamlar gapirib-gapirib, oxiri unutib yuborişadi. «It hurar, karvon ötar», nima dedingiz, a, labbay?