Özbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent şahrida sovuq suv uçun tölovlarning oşirilgan narxlarda qabul qilinişi yuzasidan tarqalgan xabarlarga izoh berdi.

“Tijorat banklari va poçta aloqa bölinmalari içimlik suvi va kanalizatsiya xizmatlari uçun tölovlarni oşirilgan narxlarda qabul qilişni zudlik bilan töxtatiş hamda yangi narxlarni 10 maydan qöllaş töğrisida Qömita tomonidan ogohlantirildi”, - deyiladi qömita matbuot xizmati xabarida.

“Suvsoz” davlat unitar korxonasi tomonidan yangi narxlar belgilangan muddatlardan boşlab qöllanilişi va bugungi kunga qadar oşirilgan narxlarda olingan tölovlar iste'molçilarga qayta hisob-kitob qilinişi majburiyati yana bir bor tasdiqlangan.

Tölovlarning 10 mayga qadar oşirilgan narxlarda qabul qilinişi holatlari kuzatilgan taqdirda Qömitaning (71) 241-58-64 raqami yoki ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali boğlaniş söraladi.

Eslatib ötamiz, 25 aprel kuni “Suvsoz” DUK saytida 24 apreldan Toşkent şahri aholisi uçun sovuq suv narxlari oşirilişi haqida xabar berildi. Unda yangi narxlar poytaxt hokimiyati tomonidan 2 aprel kuni tasdiqlangani aytilgandi.

Internet naşrlari bu ma'lumotni narxlar oşirilişi haqidagi xabar narxlar oşirib bölinganidan bir kun ötib e'lon qilinganiga urğu qaratilgan holda tarqatildi. Köp ötmasdan “Suvsoz” saytidan bu ma'lumot öçirib taşlandi.

Ma'lumot uçun: Toşkent şahrida ötgan 2018 yilning özida sovuq suv uçun narx uç marta oşirilgan, narxlar ötgan yilning fevralida (+5 sömga), mayida (+50 sömga) va noyabrida (+35 sömga) oşirilgan edi.