Har kuni real vaziyatga bevosita duç keluvçi, epidemiologik taşuv xizmati şifokori Elmurod Temirov bilan navbatdagi suhbatimiz ana şunday muammolar haqida keçdi.
– Elmurod, oxirgi suhbatimizda yuklamaning keskin oşgani, brigadalar yetişmayotgani haqida fikr yuritgandik. Undan keyin qator mutasaddilar tezkorlik oşirilişi, xususan maxsus avtomobillar köpaytirilişi haqida ma'lum qildilar.
– Albatta, mutasaddilarimizning e'tibori yaxşi. Maxsus avtomobillar ham kela boşladi. Ammo quruq avtomobil heç narsa qila olmaydi, eng asosiy muammo bu – mutaxassislar.
Özi azaldan asabbuzarlik köp bölgani uçun bu sohaga şifokorlar kelişni istaşmas, kadrlar tanqisligi sezilib turardi. Pandemiya vaziyatni battar çuqurlaştirib yubordi.
Statistikaga qarang – poytaxtda 300 nafardan ortiq (raqamlarda qisman adaşişim mumkin) asosiy işçilar bölsa, 400 nafar örindoş vraçimiz işlaydi. Örindoş vraçlar kimlar – köpçiligi klinik ordinatorlar va magistratura talabalari. Lekin ularning köpçiligi öz viloyatlariga ketişgan. Bu ham kadrlar yetişmovçiligigiga ta'sir qilyapti. Kadrlar yetişmovçiligi faqat tez yordamda emas, hamma joyda kuzatilyapti.
– Xöş, unday bölsa qanday qilib işlayapsizlar?
– Feldşer alohida, şifokor alohida bölib işlaşga ham töğri kelyapti. Xodimlar kamligining yana bir sababi – köpgina vraç, feldşerlar kasallikka çalingan. Mening fikrimça, bu taxminan 30 foizlarni taşkil kiladi. Töğri, hammaning aynan koronavirusga çalingani rasman tasdiqlanmagan. Test topşiriş muammoligi uçun hamma öziça uyida davolanib yuribdi. Oldin aytganimday, tibbiyot xodimi bölişimizga, har kuni şu kasallik bilan töqnaş kelayotganimizga qaramay pandemiya boşlangandan buyon faqat bir martagina test olişgan.
– Yaqinda tez tibbiy yordam xodimlarini alohida rağbatlantiriş tizimi haqida e'lon qilindi. Endi maoşlaringiz yaxşi bölsa kerak?
– Noliyverarkan, demang-u, bu yerda ham savollar köp. Qaysidir ma'noda ana şu oylik rağbatlantiriş yöqligi uçun, ba'zi xodimlar özining hayotini xavfga qöymayman deb işdan böşab ketgan yoki öz hisobidan ta'tilga çiqib ketgan. Özim «epidperevozka»da işlayman. Bizga 6 foizli rağbatlantiriş aprel, may oylari uçun berildi xolos, keyin bölsa yöq. Yangi rejaga köra vraçlariga 2,5 mln, feldşerlarga 1,5 mln söm tölanarkan. Endi şuni kutib qolamiz, yana bu ham ölda-jölda bölmasa...














