Muhammadzokir Mamatxonov Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi boşliği etib tayinlandi. Bu haqda agentlik xabar bermoqda.

Muhammadzokir Mamatxonov 1974 yilda Namangan viloyatining Pop tumanida tuğilgan. 2006 yilda Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti, 2012 yilda Prezident akademiyasi qoşidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan.
U 1998 – 2016 yillarda Pop, Çust, Norin tumanlari, Namangan şahri va Namangan viloyat davlat soliq inspeksiyalari, Namangan viloyati hokimligi va Uyçi tumani hokimligida turli vazifalarda mehnat qilgan.
2016 – 2017 yillarda Yangiqörğon tumani hokimi bölgan. Mamatxonov 2018 yildan to şu kunga qadar Namangan viloyat Bandlik boş boşqarmasi boşliği sifatida işlab kelayotgandi.
Qayd etilişiça, Muhammadzokir Mamatxonov bandlik va mehnat munosabatlari vazirining tegişli buyruği bilan Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi boşliği etib tayinlandi.
Eslatib ötamiz, şu kunga qadar Baxtiyor Tursunov Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi boşliği lavozimida işlab kelayotgandi.

2019 yilning avgust oyida Taşqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining sobiq rahbari Ravşan Ibragimov va agentlikning sobiq amaldorlariga nisbatan jinoyat işini körib çiqiş böyiça sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e'lon qilingandi.







