AQŞ OPeK+ kelişuvidan foydalanib Rossiyani Yevropa neft bozoridan siqib çiqardi, deb yozmoqda Reuters.

Iştirokçi mamlakatlarning neft qazişni qisqartiriş töğrisidagi kelişuvi sababli Rossiya eksportni kamaytirişi natijasida uning nefti qimmatlaşdi. Ammo bu kelişuvda qatnaşmaydigan AQŞ uçun imkoniyat berdi.

Iyulda Amerika neftining Yevropaga jönatilişi hajmi iyundagiga nisbatan 600 ming tonnaga oşdi va 3,1 million tonnaga yetdi.

Amerika xomaşyosi mahalliy qayta işlovçilar uçun an'anaviy navlar, xususan Rossiyaning Urals neftini siqib çiqardi, deb yozadi agentlik. Rossiya neftining Yevropaga eksporti keyingi 20 yil içidagi minimum darajaga tuşib ketdi.

6 iyunda OPeK+ yiğilişida neft qazib oluvçi davlatlar vakillari yana bir oy davomida – iyul oxirigaça tarixdagi eng katta kölamli neft hajmini qisqartirişni qöllab-quvvatlaşga rozi bölişgandi.