Termiz şahar epidemiyaga qarşi kuraşiş favqulodda komissiyasi yiğilişi qaroriga muvofiq, şaharda karantin talablari kuçaytirilmoqda.
Unga köra, 2020 yil 23 iyuldan boşlab noma'lum muddatgaça:
Faoliyat turidan qat'i nazar barça tadbirkorlik sub'yektlari, savdo dökonlari (oziq-ovqat va dori-darmon savdosi bundan mustasno) köngiloçar obektlar, şu jumladan tungi klublar, diskoteka, bar, spa va massaj salonlar, karaoke, bilyard zallari, kalyan markazlari, restoranlar, reklama va kompyuter öyinlari xizmatini körsatuvçi tadbirkorlik faoliyati turlari koronavirus kasalligi bilan boğlik epidemiologik holat barqarorlaşmagunça töxtatilgan.
Şuningdek, quyidagilar közda tutilgan:
- Karantin vaqtida hududlarda maqsadsiz va tegişli ruxsatnomasiz harakatlanayotgan avtomobillar ustidan hamda aholining zarur bölmagan hollarda köçaga çiqişi böyiça nazorat örnatiş;
- şaharning kiriş-çiqiş, asosiy va içki köçalarida blok postlarni kuçaytirilgan rejimga ötkaziş;
- avtotransport vositalari kirişi hamda yönalişsiz taksilar harakati töliq töxtatilişi,
- şaharda aholining gavjum bölib yurişini qatiy çeklaş.
Avtotransport va mototransport (skuter) hamda velosipedda harakatlaniş ham karantin davrida vaqtinça çeklanadi.
Bunda faqatgina hayotiy zarur ehtiyojlar oziq-ovqat, dori-darmon, tibbiy buyum va vositalar xarid qiliş, şifokor körigiga murojaat etiş, şuningdek, iş joyiga boriş va keliş uçungina ruxsat etiladi. Maxsus ruxsatnoma (stiker)lari va «yetkazib beriş» xizmati mavjud bölgan avtotransportlari harakatlanişi mumkin.
Belgilangan karantin talabalari böyiça şahardagi korxona, taşkilot va muassasalari, xöjalik birlaşmalari 25-26 iyul kunlari xodimlarni işga jalb etmaslik, xodimlarning uşbu kunlari uyda qolişi uçun barça zarur şart-şaroitlar yaratiş talab etiladi.
Ma'lumki, Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan 10 iyuldan 1 avgustgaça butun respublika böylab qat'iy karantin joriy etilgandi. Kun.uz muxbiri Termiz şahrida alohida çeklovlar qabul qilinişi böyiça şahar hokimligi matbuot xizmatidan izoh oldi.
«Töğri, respublika böyiça karantin tartibi amal qilmoqda. Tartib qoidalar hokimlik tomonidan ham aholiga tinimsiz tuşuntirilmoqda. Ammo şu paytgaça baribir şaharda avtomobil harakati yuqoriligiça qolayotgandi.
Aholi karantin qoidalariga befarq qaramoqda. Harakatni qat'iy çeklamasak bölmadi. Bizda ahvol juda oğir», dedi hokimlik matbuot xizmati rahbari Abdumannon Saidmalikov.












