Xitoy Marsni tadqiq qiliş uçun özining birinçi zondini uçirdi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar berdi.

 Qayd etilişiça, "Tyanven-1" ("Samoga savollar - 1") zondining vazni 5 tonnaga yaqin bölib, "Çançjen-5" ("Buyuk yuriş- 5") taşuvçi raketasi Xaynan orolidagi Vençan kosmodromidan parvoz qilgan.

Xitoy hukumati parvoz muvaffaqiyatli amalga oşirilganini ma'lum qildi.

Missiya Mars orbitasiga çiqişi, uning sathiga qönişi va harakatlanişi közda tutilgan. Zond Yerga ilk ma'lumotlarni 2021 yilda jönatadi.

 Missiya muvaffaqiyatli keçsa, olimlar uşbu sayyoraning atmosferasi, relefi, geologik xususiyatlari va magnit maydonini örganişlari mumkin böladi.