Joriy yilning 23 iyul kuni soat 19:30larda, Sirdaryo viloyati Guliston şahar, Bahor MFY hududidan ötuvçi M-34 xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yölining 111-kilometrida haydovçi, 1989 yilda tuğilgan Ğ.Q. “Neksiya” rusumli transport vositasini “Toşkent-Duşanbe” yönalişida boşqarib ketayotgan bölgan.

Özbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga köra, u özidan oldinda qayriliş mumkin bölgan joydan ortga qayrilayotgan haydovçi Z.K. boşqaruvida bölgan SINOTRUK HOWO rusumli yuk avtomaşinasining orqa tomoniga urilib, YTH sodir etgan.

Natijada, “Neksiya” rusumli transport vositasi haydovçisi 31 yoşli Ğ.Q. oğir tan jarohatlari bilan şifoxonada vafot etgan. Uşbu avtomaşina yölovçilari, 2000 yilda tuğilgan B.T. va M.B. tan jarohati olib şifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB Tergov departamenti tomonidan tergovoldi suriştiruv işlari olib borilmoqda.

“Barça yöl harakati qatnaşçilaridan yöllarda harakatlanganda belgilangan qoidalarga, yöl belgilari va çiziqlari talablariga rioya qilişlarini, özi va özgalar hayotini xavf ostiga qöymasliklarini sörab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.