Soliq kodeksiga muvofiq, soliq auditi soliq organlari tomonidan soliq tölovçining muayyan davr uçun soliqlar va yiğimlarning hisoblanişi hamda tölanişining töğriligini tekşiriş maqsadida, uning buxgalteriya, moliya, statistika, bank hamda boşqa hujjatlarini örganiş va taqqoslaş yöli bilan ötkaziladi.
 
Norma’ning yozişiça, jinoyat işi doirasida soliq tölovçining moliya-xöjalik faoliyatini taftiş etiş Jinoyat-protsessual kodeks va Soliq kodeksi talablari asosida ötkaziladi.
 
Nizomga muvofiq, soliq auditi quyidagi soliq tölovçilarda ötkaziladi:

soliq organida xavfni tahlil etiş avtomatlaştirilgan axborot tizimi («Tahlika-tahlil» dasturiy mahsuloti) orqali aniqlangan, yuqori darajadagi tavakkalçilik (soliq xavfi) toifasiga mansub bölgan;

kameral soliq tekşiruvi natijasi böyiça soliq organining talabnomasiga javoban aniqlaştirilgan soliq hisobotini taqdim etmagan (şu jumladan, aniqlaştirilgan talabnomadan keyin), aniqlangan tafovutlar böyiça asos keltirmagan yoki taqdim qilingan asosnomalar yetarli emas deb topilgan yuqori darajadagi tavakkalçilik (soliq xavfi) toifasiga mansub bölgan;

ixtiyoriy tugatilayotgan;

jinoiy iş qözğatilgan;

avval ötkazilgan soliq auditi çoğida soliq organiga ma'lum bölmagan yangi holatlar aniqlangan. 
 
Soliq auditi:

Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar davlat soliq boşqarmalari tomonidan öz hududida soliq tölovçi sifatida röyxatdan ötgan soliq tölovçilarda;

yirik soliq tölovçilar böyiça hududlararo davlat soliq inspeksiyasi tomonidan yirik soliq tölovçilarda;

Davlat soliq qömitasi tomonidan yuqori darajadagi tavakkalçilik (soliq xavfi) toifasiga mansub bölgan soliq tölovçilarda ötkaziladi.
 
Nizomda nazarda tutilişiça, soliq auditi:

soliq organining buyruğiga asosan ötkaziladi, unda quyidagilar körsatiladi: soliq auditi ötkaziş uçun asoslar, soliq tölovçining nomi va STIRi, soliq auditini ötkazuvçi şaxslarning F.I.O. va lavozimi, soliq auditini ötkaziş muddati va uning maqsadi. Bir vaqtning özida soliq auditini ötkaziş dasturi ham tasdiqlanadi;