Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonda tuman IIB boshlig‘i xizmat mashinasida 23 yoshli piyodani urib ketdi. Yigit halok bo‘lgan
Foto: kp.ru
Ijtimoiy tarmoqda Qoraqalpog‘istonning Qorao‘zak tumani IIB boshlig‘i mashinasi 23 yashar yigitni urib ketgani haqida xabar tarqaldi. Qoraqalpog‘iston IIV matbuot xizmati ushbu ma'lumotni Kun.uz muxbiriga tasdiqladi.
Voqea 22 iyul kuni soat 21:40lar atrofida sodir bo‘lgan. Qorao‘zak tumani IIB boshlig‘i lavozimida ishlovchi R.M. boshqaruvidagi «Nexia-3» rusumli, 95 482 VSF davlat raqam belgili avtomobil «Nukus-Chimboy-Taxtako‘pir» yo‘lining 87-88 km.da harakatlanayotib, Qorao‘zak tumani S.Kamolov OFYda yashovchi 1997 yilda tug‘ilgan N.A.ni urib ketgan.
YTX natijasida N.A. og‘ir tan jarohati olib, tuman shifoxonasida olamdan o‘tgan.
Hozirda Qorao‘zak tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
09:44 / 19.04.2026
Jizzax viloyatida avtobus YTHga uchradi
20:10 / 18.04.2026
Buxoroda mast haydovchi YTH sodir etdi
19:00 / 16.04.2026
“Bir joyingga tiqib qo‘yaman hozir” - Toshkentda qoidabuzar haydovchi boshqa haydovchiga tahdid qildi
18:42 / 13.04.2026