Taşkil etilganida 500 öringa möljallangani aytilgan taqsimot markazidagi koykalar soni ayni paytda 928taga yetkazilgan.
Toşkent şahar hokimligidan Kun.uz'ga ma'lum qilişlariça, ayni paytda pavilonlardagi palatalar soni 466ta, apparatlar soni esa 931tani taşkil etmoqda.
Birgina 24 iyulning özida, soat 08:00dan 20:00gaça koronavirusga gumon qilingan 308 kişi «Özekspomarkaz»ga joylaştirilgan.
Koronavirusga topşirgan testi javobi çiqquniga qadar uşbu fuqarolarga şu yerda birinçi tibbiy yordam körsatiladi. Ularga taşxis qöyilgaç, salomatligining holatiga qarab şahardagi davolaş-profilaktika muassasalariga yönaltiriladi.
https://ok.ru/videoembed/1600646417087
Reportaj: ‘Koykalar paviloniga’ aylangan «Özekspomarkaz»
Toşkent şahar hokimligi ayni paytda markazga tibbiy xodimlarni işga qabul qiliş jarayoni davom etayotganini ma'lum qildi.
Hozirga qadar 200dan ziyod xodim işga qabul qilingan bölib, ularga kunlik iş haqi har kuni joyida berib borilmoqda.
Iş 15 kunlik navbatçilik tartibida taşkil etiladi va bu vaqt uçun xodimlarga quyidagi miqdorda maoş beriladi:
- vraçlarga – 15 mln (kuniga 1 mln sömdan);
- hamşiralarga – 10 mln (kuniga 666,6 ming sömdan);
- kiçik tibbiyot xodimlariga – 5 mln (kuniga 333,3 ming sömdan);
- köngillilarga – 5 mln (kuniga 333,3 ming sömdan).
Iş vaqti 12 soatdan iborat bulib, 8 soat iş, 4 soat dam oliş vaqti közda tutilgan. Tibbiyot xodimlari tibbiy himoya vositalari va yotoqxona bilan ta'minlanadi, bepul ovqatlaniş taşkil etilgan. Yuqorida ta'kidlanganidek, iş haqi har kuni tölab boriladi.

Murojaat uçun telefonlar: 71 210 02 02, 71 210 02 31
Uşbu raqamlarga qönğiroq qilib tuşib bölmagan holatlarda, talabgorlar har kuni soat 9:00dan 17:00gaça bevosita «Özekspomarkaz»ga borgan holda, uçinçi pavilondagi qabul bölimiga murojaat qilişlari mumkin.
Eslatib ötamiz, şu kunlarda Zangiota tuman ixtisoslaştirilgan köp tarmoqli yuqumli kasalliklar şifoxonasiga ham tibbiyot xodimlarini işga qabul qiliş davom etmoqda.












