Sanitariya-epidemiologiya xizmati tashkil etilayotganligi munosabati bilan Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi va ularning hududiy bo‘linmalari tugatiladi;

Sanitariya-epidemiologiya xizmati va uning hududiy bo‘linmalari — tegishincha Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi, shuningdek ularning hududiy bo‘linmalari huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorislari hisoblanadi.

2020 yil 1 sentyabrdan boshlab sanitariya-epidemiologiya va jamoat salomatligi sohasida bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida tibbiyot oliy ta'lim muassasalarida «Tibbiy-profilaktika va jamoat salomatligi» fakulteti tashkil etiladi;

Sog‘liqni saqlash vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bilan birgalikda:

·       bir oy muddatda tegishli tibbiyot oliy ta'lim muassasalarida «Tibbiy-profilaktika va jamoat salomatligi» fakulteti faoliyatini tashkil etish bo‘yicha zarur choralarni ko‘radi; (hal etiladigan masala: Bugungi kunda 11 ta tibbiyot oliy ta'lim muassasasi faoliyat olib borib, ularning ayrimlarida «Tibbiy profilaktika» fakulteti mavjud. Ushbu fakultetda dars mashg‘ulotlari va amaliyot asosan davolashga (ixtisoslashtirilgan yordamga) yo‘naltirilgan. Tibbiy profilaktika va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish ishlari samaradorligini oshirish maqsadida (alohida qaror asosida) tuman-shahar markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikalarida tibbiyot ma'lumotiga ega bo‘lgan valeolog, tibbiy psixolog, nutritsiolog, diyetolog, farmakolog, kineziolog, reabilitolog, profpatolog lavozimlarini kiritish rejalashtirilmoqda)