Fransiya soğliqni saqlaş vaziri Olive Veran mamlakatda koronavirus yuqtirganlar soni köpayib borayotganidan xavotirda ekanini bildirib, test topşirişni xohlagan barça uçun xarajatlarni davlat öz zimmasiga olişini aytdi. Bu haqda vazir La Parisien naşriga bergan intervyusida aytgan.

«Hozirça ikkinçi tölqin haqida gapirişga ertadir, lekin oxirgi kunlarda zararlaniş holatlari yuqori bölyapti. Vaholanki 13 hafta davomida kunlik ösiş pasayib borgandi. Hozir virus yuqtirayotganlar dastlabki tölqindagiga qaraganda yoşroq. Alomatsiz keçayotgan holatlar juda köp.

Şanba kuni imzo qöygan hujjatimga köra, endi har qanday suğurtasi bor fuqaro vraç tavsiyasiz va heç qanday alomatlarsiz ham PsR-testdan ötişi mumkin», deydi vazir.

Fransiya soğliqni saqlaş vazirining aytişiça, mamlakatda har haftada 500 mingdan köproq test ötkazilib, ulardan 1-1,5 foizi musbat natija bermoqda. 80 foiz test natijalari uç kunda çiqmoqda. Vazir kasallanganlar soni oşib borayotganiga sabab sifatida köpçilik çet elga ketiş uçun testdan ötayotganini keltirdi. Samolyotga çiqiş uçun koronavirusga test topşiriş majburiy.

Ayni damda Fransiyada 180 mingdan ortiq odam koronavirus yuqtirgan. Virus 30 mingdan ortiq fransiyalikning ölimiga olib kelgan. 80 mingdan ortiq bemor tuzalgan. Fransiyada oxirgi uç kunda kasallaniş holatlari 1000 nafar atrofida bölmoqda.